Линклар

Шошилинч хабар
13 октябр 2024, Тошкент вақти: 11:45

Boku qidiruvda bo‘lgan ikki shaxsni Toshkentga ekstraditsiya qildi


Ozarbayjon xalqaro qidiruvga berilgan ikki kishini O‘zbekistonga ekstraditsiya qilgan.

Ozarbayjon Bosh prokuraturasi qaydicha, jinoyatchilikka qarshi kurash bo‘yicha O‘zbekiston bilan hamkorlik doirasida bu mamlakat Bosh prokuraturasining 32 yoshli ukrainalik Arsen Kaldarar va 44 yoshli Abdurahmon Qayumovni jinoiy javobgarlikka jalb qilishga oid iltimosnomasi qanoatlantirilgan.

O‘zbekistonda tovlamachilik harakatlarini sodir etganlikda ayblanib, xalqaro qidiruvga berilgan bu ikki shaxs 2024-yil fevralida Ozarbayjonda ushlanib, hibsga olingan edi.

Xabarnomada bu ikkovlon Ozarbayjon Penitensiar xizmati maxsus qo‘riqchilari tomonidan O‘zbekistonning salohiyatli tashkilotlari xodimlariga topshirilgani aytilgan.

XS
SM
MD
LG