Линклар

Шошилинч хабар
15 октябр 2024, Тошкент вақти: 02:58

BP: Namanganda 830 mln so‘mlik taqiqlangan dori-darmon topildi


Illyustrativ surat
Illyustrativ surat

Namangan shahrida katta miqdordagi dori vositalarining noqonuniy muomalaga kiritilishi oldi olindi, deb xabar berdi Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti.

Departament hamda DXXning Namangan viloyati boshqarmalari xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda “M-s.” MCHJ rahbari B.E. tegishli omborxonada O‘zbekiston Respublikasi hududida saqlash, sotish, tashish va tibbiy amaliyotda qo‘llash taqiqlangan dori-darmon topilgan.

ҚҚС: Дори-дармон қимматлайди
Илтимос кутинг
Киритиш (Embed)

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:09:55 0:00

Umumiy bahosi 828,1 million so‘m bo‘lgan 659 turdagi jami 220 308 dona dori vositalari va tibbiy buyumlar ashyoviy dalil sifatida rasmiylashtirilgan. Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Departament matbuot xizmati xabarida musodara qilingan dori vositalari “Namangan dori-darmon» AJga qarashli maxsus omborga saqlash uchun topshirilgani qayd etilgan.

Mamlakatda saqlash, sotish, tashish va tibbiy amaliyotda qo‘llash taqiqlangan dori vositalarini maxsus omborda saqlashdan ko‘zlangan maqsad nima ekani ochiqlanmagan.

Eslatib o‘tamiz, 17-sentyabr kuni Xorazm viloyati Urganch shahrida ham 2,9 milliard so‘mlik muvofiqlik sertifikatlari rasmiylashtirilmagan, sifatsiz va yaroqsiz dori vositalarini sotishga urinish fosh qilingandi.

XS
SM
MD
LG