Линклар

Шошилинч хабар
10 ноябр 2024, Тошкент вақти: 09:56

Daraxtkushlik va brakonyerlik uchun jazo kuchaytirildi


Illyustrativ surat
Illyustrativ surat

Oliy Majlis Senatining 24-oktyabr kungi yalpi majlisida “O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga hayvonot va o‘simlik dunyosining muhofazasini kuchaytirishga qaratilgan qo‘shimcha va o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risida”gi qonun ma’qullandi.

Yuqori palata matbuot xizmatining ma’lum qilishicha, mazkur hujjat bilan amaldagi 2 ta kodeks va 2 ta qonunga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritilmoqda.

Jumladan, kimyoviy, biologik va bakteriologik vositalardan foydalangan holda, shuningdek, binolar, inshootlar yoki boshqa obyektlarni qurish, qayta qurish, rekonstruksiya qilish vaqtida daraxtlarga, butalarga yoki boshqa o‘simliklarga qasddan shikast yetkazish va nobud qilish uchun fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining 35 baravaridan 50 baravarigacha, mansabdorlarga esa 60 baravaridan 75 baravarigacha jarima nazarda tutilmoqda.

Elektr toki, portlovchi, kimyoviy moddalarni yoki biologik preparatlarni qo‘llagan holda ov qilish yoxud baliq ovlash uchun BHMning 400 baravaridan 600 baravarigacha jarima, muayyan huquqdan mahrum qilish, 3 yildan 5 yilgacha ozodlikni cheklash yoxud ozodlikdan mahrum qilish jazolari belgilanyapti.

Ekologiya davlat inspektorining qonuniy faoliyatiga to‘sqinlik qilganlik, ko‘rsatmalarini bajarmaganlik uchun ham javobgarlik kuchaytirilmoqda.

Jamoatchilik mamlakatda qurilish vajidan ko‘p yillik daraxtlarni kesish, qasddan quritish avj olgani, brakonyerlik tufayli hayvonot va nabototga daxl etish holatlari ko‘payganidan xavotir bildirib keladi.

XS
SM
MD
LG