Линклар

Шошилинч хабар
04 декабр 2024, Тошкент вақти: 07:07

Dog‘iston muftiysi: Tez orada niqob taqiqlanishi mumkin


Dog‘iston muftiysi Ahmad Afandi Abdullayev
Dog‘iston muftiysi Ahmad Afandi Abdullayev

Dog‘iston muftiysi Ahmad Afandi Abdullayev tez orada respublika muftiyati niqobni taqiqlash to‘g‘risida fatvo chiqarishini ma’lum qildi.

“Rossiya bo‘ylab dindor odamlarning barchasi bu savolga javob berishga andisha qilib turishibdi, ammo men javob beraman. Biz niqobni taqiqlash to‘g‘risida fatvo chiqaramiz. Haqiqat bitta bo‘ladi. Qur’onda “haqiqat bitta, qolgani zalolat” deyilgan”, deya iqtibos keltirgan muftiy so‘zlaridan Dog‘iston rahbari ma’muriyati.

Joriy yilning 29-iyun kuni Rossiya Tergov qo‘mitasi rahbari Aleksandr Bastrikin Sankt-Peterburgdagi Xalqaro yoshlar yuridik forumida chiqish qila turib, mamlakat hududida niqobni “zudlik bilan” taqiqlashga chaqirgan edi. Shundan so‘ng u yaqinda Dog‘istonda cherkov va sinagogaga hamda Rostov-Dondagi tergov hibsxonasiga hujumni eslab, ularni “islomchilar, terrorchilar” sodir etganini aytgan.

Bastrikinning bu fikriga Checheniston rahbari Ramzan Qodirov darror munosabat bildirib, unga Islom dinini terror bilan solishtirmaslikni maslahat bergan edi.

Moskva muftiysi va Moskvadagi jome’ masjidi bosh imomi Ildar Alautdinov RBK nashriga Bastrikin chaqirig‘i yuzasidan izoh berarkan, niqobni taqiqlash rossiyalik musulmonlarda norozilik kayfiyatini yuzaga keltirishi mumkinligini aytgan.

Bu urinishlar Rossiya fuqarolariga istagan diniga e’tiqod qilish, demakki, diniy ahkomlarga rioya qilish huquqini kafolatlovchi Konstitutsiya va dunyoviy huquq me’yorlarini ochiqdan-ochiq buzish sifatida namoyon bo‘ladi”, deya ta’kidlagan Moskva muftiysi.

XS
SM
MD
LG