Линклар

Шошилинч хабар
18 апрел 2024, Тошкент вақти: 11:38

Stross-Kanga garov evaziga qamoqdan chiqishga ruxsat berildi


Dominik Stross-Kan Nyu Yorkdagi mehmonxona xodimasini zo‘rlashga uringanlikda ayblanmoqda.
Dominik Stross-Kan Nyu Yorkdagi mehmonxona xodimasini zo‘rlashga uringanlikda ayblanmoqda.
Jinsiy tajovuz qilganlikda ayblangan Xalqaro valyuta jamg‘armasi sobiq rahbari Dominik Stross-Kanning garovga pul qo‘yib qamoqdan chiqishiga ruxsat berildi.

Sud hakami garov puli miqdorini bir million AQSh dollari deb belgiladi va unga uy qamog‘i sharoitida yashashni buyurdi.

Stross-Kanning harakati nazorat ostida bo‘lishi uchun qo‘liga elektron braslet taqib qo‘yiladi.

Sud qarori e‘lon qilinishidan bir necha soat oldin Dominik Stross-Kan Nyu Yorkdagi mehmonxona xodimasini zo‘rlashga urinmaganini isbotlash uchun XVJ rahbari lavozimidan iste‘foga chiqqanini e‘lon qildi.

Fransiya Moliya vaziri Kristina Lagarde Stross-Kanning o‘rniga XVJ rahbari lavozimiga asosiy da‘vogar bo‘lishi kutilmoqda.

Vashingtondagi manbalar jamg‘armaning eng yirik hissadori bo‘lgan Qo‘shma Shtatlar XVJ rahbari lavozimiga Yevropa nomzodini qo‘llab-quvvatlashini bildirdi.
XS
SM
MD
LG