Линклар

Шошилинч хабар
29 март 2024, Тошкент вақти: 13:15

Duyshebayev:"Qirg‘iziston Islomiy Harakati tuzildi"


Qirg‘iziston MXX raisi Keneshbek Duyshebayevga ko‘ra, Afg‘onistonda terrorchilikka tayyorlanayotganlarning ko‘pchiligi qirg‘izistonlik o‘zbeklardir.
Qirg‘iziston MXX raisi Keneshbek Duyshebayevga ko‘ra, Afg‘onistonda terrorchilikka tayyorlanayotganlarning ko‘pchiligi qirg‘izistonlik o‘zbeklardir.
Qirg‘iziston MXXsi rahbari Afg‘onistonda Qirg‘iziston Islomiy Harakati tuzilganini bildirdi.

Qirg‘iziston Milliy xavfsizlik xizmati raisi Keneshbek Duyshebayev 29 aprel kuni Qirg‘iziston parlamentida qilgan chiqishida, Pokiston va Afg‘onistondagi terrorchilarni tayyorlovchi lagerda 200 dan 400 nafargacha qirg‘izistonliklar tayyorgarlikdan o‘tayotganini ma‘lum qildi:

- Bizdagi ma‘lumotlar bo‘yicha, Afg‘oniston, Pokiston hududlarida 200 dan 400 gacha bo‘lgan Qirg‘iziston fuqarosi bor. Ularning ko‘pchiligi Qirg‘iziston fuqaroligiga ega bo‘lgan o‘zbek birodarlarimiz, degan ma‘lumot bor, - dedi Keneshbek Duyshebayev.

Unga ko‘ra, chet davlatlardagi ayrim kuchlar Qirg‘izistondagi vaziyatning beqarorlashuvidan manfaatdor. Qirg‘iziston va umuman Markaziy Osiyo davlatlari uchun terror xavfi asosan Afg‘oniston va Pokistondan kutiladi.

Milliy xavfsizlik xizmati raisi Keneshbek Duyshebayev deputatlarning savollariga javob berar ekan, Qirg‘iziston Islomiy Harakati tashkiloti ham tuzilganini ma‘lum qildi:

- Bundan tashqari Qirg‘iziston Islomiy Harakati tuzilgan. Sizlar ham buni bilsanglar kerak. Bu borada ham bizda ma‘lumotlar bor, - dedi Keneshbek Duyshebayev.

Din ishlari bo‘yicha Qirg‘iziston davlat komissiyasining o‘z ismini oshkor qilishni istamagan rasmiysi, mazkur tashkilotda “Tolibon”, “Al-Qoida” terror guruhlari turli millat vakillaridan iborat degan ma‘lumot borligini, biroq hukumat tuzilmalari Qirg‘iziston Islomiy Harakati borasida ma‘lumotga ega emasligini bildirdi.

Ayni paytda mahalliy dinshunoslar O‘sh voqelaridan so‘ng xorijga ketgan qirg‘iz fuqarolaridan ayrimlari O‘zbekiston Islomiy Harakatiga qo‘shilgan bo‘lishlari mumkinligini e‘tibordan soqit qilishmaydi.

Biroq Bishkekdagi “Din, siyosat va huquq” markazi vakili, din masallari bo‘yicha ekspert Daniyar Muradilov Afg‘oniston va Pokiston harbiy lagerlarida tayyorgarlikdan o‘tayotgan qirg‘izistonliklar soni bo‘yicha shubha bildiradi:

- O‘zbekiston Islomiy Harakati Afg‘onistonda faoliyat yuritadi. Ular O‘zbekiston va Qirg‘izistondan hamfikir fuqarolarni topib, o‘zlariga qo‘shilishga chaqirishlari mumkin. Biroq ularning soni bu darajada ko‘p bo‘lishi mumkin emas. Ularning soni bunchalik ko‘p bo‘lsa, “Bizning maxsus xizmatlar qayerga qarab turibdi?” degan savol paydo bo‘ladi,- dedi Daniyar Muradilov.

Ayni paytda ayrim mutaxasislar bunday ma‘lumotlarning keng jamoatchilikka oshkor qilinishini qo‘llashmaydi.

- To‘s-to‘polonlarni endigina tinchitdik. Agar tahdidli vaziyatlar bo‘lsa, xalqqa oshkor qilmay, o‘shanga qarshi choralar ko‘rilishi kerak. Afg‘onistonda terorchilar doimo tayyorgarlikdan o‘tib kelgan. Biroq xozir Afg‘onistonda ularning ustidan nazorat bor. Shunday nazorat Pokistonda ham bo‘lyapti. Terrorchilar yashirin tarza tayyorlanaman desa, Qirg‘izistonda ham tog‘larga kirib tayyorlansa bo‘ladi. Kerak bo‘lsa, o‘sha tomonlardan instruktorlar kelib, bu yerda tayyorgarlikdan o‘tkazavyeradi, - dedi Qirg‘iziston Xavfsizlik kengashi sobiq kotibi Miroslav Niyozov.
XS
SM
MD
LG