Линклар

Шошилинч хабар
29 март 2024, Тошкент вақти: 10:30

E.coli bakteriyasidan o‘lganlar soni 35 kishiga yetdi


E.coli ichak bakteriyasining ko‘rinishi.
E.coli ichak bakteriyasining ko‘rinishi.
Germaniya sog‘liqni saqlash vaziri Daniel Bar E.coli ichak bakteriyasidan o‘lgan bemorlar soni 35 kishiga yetganini ma‘lum qilib, bu raqam ortishi mumkinligi haqida ogohlantirdi.

Vazir so‘nggi kunlarda o‘ta xavfli virus yuqqan odamlar soni kamayganini ham ma‘lum qildi.

E.coli bakteriyasi sababli yuz bergan o‘lim holatning bittasidan tashqari hammasi Germaniyada qayd etilgan.

Yevropaning 14 davlati hamda AQSh va Kanadada jami 3200 dan ortiq odamga E.coli bakteriyasi yuqqan.

Xabarlarga ko‘ra, Germaniyada xavfli bakteriyadan tuzalgan 100 dan ziyod bemorning buyrak faoliyati buzilgan.

E.coli bakteriyasini tarqatgan manba Germaniyaning Janubiy Saksoniya viloyatidagi fermalardan birida yetishtirilgan dukkakli mahsulotlar ekani aytilmoqda.
XS
SM
MD
LG