Линклар

Шошилинч хабар
08 май 2021, Тошкент вақти: 07:32

Erdo‘g‘on Markaziy bank rahbarini ishdan olishi ortidan turk lirasi keskin qadrsizlandi


Juma kuni bir dollar 7.2185 turk lirasidan qisqa muddatga 8.4850 liraga qimmatladi.

Dushanba kuni prezident Rajab Toyyib Erdo‘g‘on Turkiya Markaziy banki direktori Sahap Kavjio‘g‘lini ishdan olishi ortidan turk lirasi qisqa muddatga 15 foizga arzonladi.

Kavjio‘g‘li prezident 2019 - yil o‘rtalaridan beri tayinlagan Markaziy bankning uchinchi rahbari edi.

Kavjio‘g‘li sobiq bankir va hukmron partiya deputati bo‘lib, Erdo‘g‘on kabi u ham yuqori foiz stavkalari inflyatsiyani kuchaytirishi mumkin, degan noodatiy qarashga ega.

Reuters agentligining yozishicha, Kavjio‘g‘li investorlarning qattiq pul-kredit siyosatidan birdan ekspansiv pul-kredit siyosatiga o‘tish borasidagi xavotirlarini yumshatishga urinib kelayotgan edi.

Reuters manbasining ma’lum qilishicha, yakshanba kuni Kavjio‘g‘li bank rahbarlariga pul-kredit siyosatini birdan o‘zgartirmasligini aytgan ekan.

Tahlilchilarning aytishicha, Kavjio‘g‘li o‘z o‘tmishdoshi Naji Ag‘bal Turkiyaning xorijiy valyuta zaxiralarini himoya qilish uchun ko‘targan foiz stavkalarini pastlatishni rejalashtirayotgan bo‘lishi mumkin edi.

Juma kuni bir dollar 7.2185 turk lirasidan qisqa muddatga 8.4850 liraga qimmatladi.

Moliya vaziri Lutfi Elvan Turkiya erkin bozor qoidalariga rioya etajagini aytganidan keyin, lira yo‘qotgan qiymatining qariyb yarmini tikladi.

Ayni damda 1 dollar 7.95 liraga teng bo‘lib, bu liraning 2018 - yil o‘rtalaridagi qiymatiga taqqoslaganda ikki barobar pastdir.

Ushbu o‘zgarishlar manzarasida Istanbulning asosiy aksiya indeksi 9 foizga pastladi.

Uzoq muddatli va dollarda belgilangan davlat obligatsiyalari rekord darajada arzonladi. 2045 - yilgi obligatsiya 9.7 sentga tushdi. Bunday holat so‘nggi marta o‘tgan yilning noyabr oyi boshlarida kuzatilgan edi.

Bundan tashqari, juma kuni besh yillik kredit svoplari 305 bazaviy darajadan 464 gacha ko‘tarildi.

“SEB Research” shirkatining bosh strategi Per Hammarlund Turkiya oldida ikkita tanlov borligini aytdi:

«Mamlakat foiz stavkalari yordamida bozorlarni barqarorlashtirishni va’da qiladi yoki kapital ustidan nazoratni kuchaytiradi», dedi u.

Moliya vaziri Elvanning aytishicha, mamlakat rasmiylari erkin bozor qoidalari va erkin suzuvchi valyuta rejimiga rioya qilishga qat’iy qaror qilgan.

Elvan bayonot berib, inflyatsiya davomli pasaygunicha ana shu makrosiyosat davom etishini bildirdi.

Yakshanba kuni Kavchio‘g‘li Markaziy bank so‘nggi to‘rt yil davomida yuqori bo‘lib qolayotgan inflyatsiyani pasaytirishga e’tibor qaratishini aytgan edi.

“Goldman Sachs” banki turk lirasi qiymati «uzluksiz» pastlashini bashorat qildi va lirada sarmoya yotqizish bo‘yicha o‘z mijozlariga beradigan tavsiyalarini qayta ko‘rib chiqayotganini bildirdi.

Bankka ko‘ra, Turkiyadan kapital chiqib ketishi va bozorlar Turkiyaning surunkali defitsitini moliyalashdan o‘zini tiya boshlashini kutish mumkin.

XS
SM
MD
LG