Линклар

Шошилинч хабар
13 октябр 2024, Тошкент вақти: 21:23

Eron: Raisiy dafn etiladigan joy va sana o‘zgartirildi


Sharqiy Ozarbayjon viloyatida 19-may kuni vertolyot qulashi oqibatida nobud bo‘lgan Eron prezidenti Ibrohim Raisiy 23-may kuni Mashhad shahrida dafn etiladi. Bu haqda aviahalokatda o‘lganlar dafnini tashkil qilish bo‘yicha qo‘mita rahbari etib tayinlagan vitse-prezident Muhsin Mansuriy ma’lum qildi.

Oyatulloh Raisiyning dafn marosimi payshanba oqshomida imom Rizo maqbarasida bo‘lib o‘tadi”, deya bildirgan Mansuriy IRIB telekanali yoyinida.

Avvalroq Eron OAV mamlakatlar rasmiylaridan olingan ma’lumotga tayangan holda prezident Raisiy 22-may kuni Tehronda dafn etilajagi haqida xabar qilishgan. Undan ham avval Raisiyning dafn marosimi 21-may kuni Tabrizda bo‘lib o‘tishi haqida xabarlar tarqalgan edi.

Imom Rizo masjid-maqbarasi Eron shimoliy-sharqidagi Mashhad shahrida (Turkmaniston chegarasiga yaqin joyda) joylashgan bo‘lib, shia mazhabiga mansub kishilar uchun eng mo‘tabar qadamjolaridan biri bo‘lib hisoblanadi. XV asrda buyuk o‘zbek shoiri va mutafakkiri Alisher Navoiy ham tahsil olgan Mashhad shahri Ibrohim Raisiyning tug‘ilgan shahridir.

Eron oliy ruhoniysi Ali Xomanaiy prezident Raisiy va boshqa mulozimlar o‘limi munosabati bilan 20-may kuni mamlakatda besh kunlik motam e’lon qilgan. Shu kunning o‘zida Eronda prezident saylovini joriy yilning 28-iyuniga belgilash haqida qaror qabul qilingan.

XS
SM
MD
LG