Линклар

Шошилинч хабар
25 апрел 2024, Тошкент вақти: 14:55

Filippin to‘fonida 10 kishi o‘ldi


Filippin shimoliy sharqida ro‘y bergan tropik to‘fon oqibatida kamida 9 kishi o‘ldi¸ yuz mingdan ziëd kishi ko‘chki va toshqindan qo‘rqib, uy-joylarini tark qildi.

Tabiiy ofat Filippinning Katandaunes muzofotini ham qamradi. Bu yerda yo‘llar vayron bo‘ldi, elektr ta‘minotida uzilishlar bo‘ldi.

Mamlakatda ichki havo qatnovlari bekor qilindi, dengizdagi kemalarning yo‘lovchilari ham qiyinchilikka duch kelishdi.

Taxminlarga ko‘ra, to‘fon Filippin g‘arbiga qarab enmoqda. To‘fon sur‘ati hafta oxiriga borib susayishi kutilmoqda.
XS
SM
MD
LG