Линклар

Шошилинч хабар
10 октябр 2024, Тошкент вақти: 00:36

Firibgarlikda gumonlangan o‘zbekistonlik ikki erkak Turkiyadan deportatsiya qilindi


Illyustrativ surat
Illyustrativ surat

Firibgarlik jinoyatini sodir etganlikda ayblanib 2019-yildan buyon qidiruvda bo‘lgan 47 yoshli Atabek Abdullayev 12-sentyabr kuni Turkiyadan O‘zbekistonga deportatsiya qilingan. Bu haqda O‘zbekistonning Istanbuldagi bosh konsulxonasi ma’lumot tarqatdi.

Abdullayev Turkiya va O‘zbekiston Ichki ishlar vazirliklari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida qo‘lga olinganini qayd etgan o‘zbek diplomatlari ushbu shaxsning xatti-harakatlaridan jabr ko‘rgan fuqarolardan O‘zbekistonning Istanbuldagi bosh konsulxonasiga yoki O‘zbekiston IIV va uning quyi tizimlariga murojaat qilishni so‘ragan.

O‘ninchi sentyabr kuni ham Bosh konsulxona firibgarlikda ayblanayotgan 32 yoshli Doniyorjon Muqimjonov Turkiyadan Toshkentga badarg‘a qilingani haqida ma’lum qilgan edi.

Diplomatlar qaydicha, Istanbul shahrida qo‘lga olingan bu shaxs 2022-2023-yillarda ishonchga kirish yo‘li bilan o‘zgalarning umumiy hisobda qariyb 60 ming AQSH dollari miqdoridagi pullarini firibgarlik yo‘llari bilan o‘zlashtirganlikda ayblanib, 2023-yildan buyon qidiruvda bo‘lgan.

Bu shaxs xatti-harakatlaridan jabr ko‘rgan fuqarolardan ham O‘zbekistonning Istanbuldagi Bosh konsulxonasiga yoki O‘zbekiston IIV tizimlariga murojaat qilish so‘ralgan.

XS
SM
MD
LG