Линклар

Шошилинч хабар
23 апрел 2024, Тошкент вақти: 13:35

FSB otib o‘ldirgan O‘zbekiston fuqarosining ayoli Qrimdan deportatsiya qilinadi


Sohiba Burhonova - Qrim, 12 - may, 2021
Sohiba Burhonova - Qrim, 12 - may, 2021

Rossiya tomonidan anneksiya qilingan Qrimda Sovet tuman sudi Federal xavfsizlik xizmati (FSB) xodimlari tomonidan tintuv paytida otib tashlangan o‘zbekistonlik Nabi Rahimovning xotini Sohiba Burhonovani vataniga deportatsiya qilish to‘g‘risida qaror chiqardi.

Burhonova “chet el fuqarosi yoki fuqaroligi bo‘lmagan shaxs tomonidan Rossiyaga kirish yoki mamlakatda bo‘lish tartibini buzganlik”da aybdor deb topilgan.

Ma’lumotlarga ko‘ra, Burhonovaning ishi ko‘rilgan sud binosi oldida uni dastaklash uchun bir necha yuz kishi yig‘ilgan.

O‘zbekistonlik ayol sud zalidan chet el fuqarolari saqlanadigan maxsus priyomnikka olib ketilgan. Yaqin kunlar ichida Burhonova voyaga yetmagan farzardlari bilan birgalikda O‘zbekistonga jo‘natilishi kutilmoqda.

«Мен унинг айбсизлигига ишонаман»
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:06:07 0:00

11 - may kuni Qrimdagi Dubki qishlog‘ida Rossiya Federal xavfsizlik xizmati xodimlari bir uyda tintuv o‘tkazgan, o‘sha paytda uyda bo‘lgan o‘zbekistonlik Nabi Rahimov otib tashlangan. Rossiyalik tergovchilar ta’viliga ko‘ra, Rahimov FSB xodimlariga qarata o‘t ochgan va javob o‘qi bilan o‘ldirilgan. Tergov qo‘mitasi huquq-tartibot idoralari xodimi joniga qasd qilganlik moddasi bo‘yicha jinoyat ishi ochgan. Ayni paytda Rahimov yashagan uyda qanaqa jinoyat ishi doirasida tintuv o‘tkazilgani haligacha ma’lum emas.

Rahimov rafiqasi bilan birgalikda O‘zbekistondan Rossiyaga 1999 - yili ko‘chib kelgan. O‘zbekistonda unga qarshi milliy xavfsizlik va jamoat tartibiga tahdid solganlik, konstitutsiyaviy tuzumga tajovuz qilganlik hamda diniy ekstremizm, ayirmachilik va fundamentalizm g‘oyalari aks etgan hujjatlarni saqlaganlik va tarqatganlik gumoni bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Rahimov bu borada inson huquqlari bo‘yicha Yevropa sudiga ariza topshirgan, sud esa uning Rossiyadan badarg‘a qilinishini taqiqlovchi qaror chiqargan. Yevropa sudi Rossiya rasmiylari zimmasiga 17 ming yevro miqdorida tovon puli to‘lash majburiyatini ham yuklagan.

2015 - yili Rahimovlar oilasi Podmoskovьyadan Qrimga ko‘chib o‘tgan. 2018 - yili Rossiya Sohiba Burhonovaga qochqinlik maqomini berishni rad etish to‘g‘risida qaror qabul qilgan. O‘sha paytdan beri uning Rossiya nazorati ostida bo‘lgan hududda yurishi, rasmiylarga ko‘ra, noqonuniy bo‘lgan.

XS
SM
MD
LG