Линклар

Шошилинч хабар
13 октябр 2024, Тошкент вақти: 12:31

FVB: Bo‘stonliqdagi yong‘in 1,5 gektar maydonga yoyildi


Illyustrativ surat
Illyustrativ surat

Toshkent viloyatining Bo‘stonliq tumanida 29-avgustga o‘tar kechasi o‘rmon yer maydonlarida yong‘in sodir bo‘lgan. Bu haqda Toshkent viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi ma’lumot tarqatdi.

Xabarnomada yong‘inga oid xabar FVB tezkor boshqaruv markaziga tungi soat 00:35 da kelib tushgani, u yerga 3 ta yong‘in-qutqaruv ekipaji, 30 nafar qutqaruvchi hamda Burchmullo o‘rmon xo‘jaligidan 20 nafar xodim jalb qilingani aytilgan.

FVB vakillariga ko‘ra, yong‘in Burchmullo o‘rmon xo‘jaligiga qarashli hududda 1,5 gektar maydonda yuzaga kelgan. O‘t o‘chiruvchilar yong‘inni soat 01:50 ga borib to‘liq bartaraf qilishga muvaffaq bo‘lishgan.

“Hodisa oqibatida tan jarohat olgan va halok bo‘lganlar yo‘q”, deyilgan Toshkent viloyati FVB xabarnomasida.

Bo‘stonliqdagi tog‘da ("Bochka" hududida) katta maydon alanga ichida qolgani aks etgan videolar avvalroq ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan edi.

XS
SM
MD
LG