Линклар

Шошилинч хабар
05 ноябр 2024, Тошкент вақти: 11:40

Germaniya afg‘onlarning bir guruhini vataniga deportatsiya qildi


Illyustrativ surat
Illyustrativ surat

Germaniya 30-avgust kuni bir guruh afg‘onistonliklarni vataniga deportatsiya qilgan. GFR hukumati rasmiy vakili Shteffen Xebeshtray Germaniyada sudlangan 28 nafar afg‘onistonlik tushgan Qatar Airways aviashirkati uchog‘i Leypsig/Halle aeroportidan Kobul yo‘nalishida uchib ketganini tasdiqlagan.

Bu “Tolibon” radikal guruhi vakillari 2021-yil avgustida Afg‘onistonda hokimiyat tepasiga kelganidan buyon amalga oshirilayotgan ilk deportatsiyadir. Vataniga yo‘llangan afg‘onistonliklar GFRning 11 federal yeridagi qamoqxonalarda jazo o‘tayotgan bo‘lgan. Deportatsiya kansler ma’muriyati va maxsus xizmatlar tomonidan ikki oy davomida hozirlangan.

Xebeshtrayt va Saksoniya Ichki ishlar vazirligi vakillari bu yerda gap Germaniyada qolish huquqiga ega bo‘lmagan mahkum jinoyatchilar haqida borayotganini bildirishgan. Huquq-tartibot idoralari qaydicha, ular orasida terrorchi guruhlarga aloqadorlikda gumonlanganlar ham bo‘lgan.

Deportatsiya oldidan vataniga yo‘llanayotgan har bir afg‘onistonlikka 1000 yevrodan pul berilgan. Uchoq bortida ularni vrach kuzatib ketgan.

Zolingendagi teraktdan keyin GFR kansleri Olaf Shols jinoiy moddalar bo‘yicha sudlangan va terrorizmda gumonlanganlarni Afg‘oniston va Suriyaga deportatsiya qilish jarayoni qayta tiklanganini bildirgan edi. Bunga shu paytgacha “90-yillar ittifoqi/Yashillar” partiyasi va unga mansub bo‘lgan GFR tashqi ishlar vaziri Annalena Berbok qarshi chiqib kelgan. Biroq bugungi deportatsiyadan oldinroq TIV rahbari Berbok rbb teleradiokompaniyasiga alohida holatlarda bu kabi mamlakatdan badarg‘a qilishlar ehtimoli borligi va ular amalga oshirib borilishini bildirgan.

Afg‘onistonga deportatsiya tarkibiga "Yashillar" partiyasi ham kiradigan GFR hukmron koalitsiyasida bahs-munozaralarga sabab bo‘lgan. Bunga toliblar hukmron bo‘lgan mamlakatda inson huquqlariga rioya qilinmayotgani sabab o‘laroq keltirilgan. Federal yerlar ichki ishlar vazirlari esa og‘ir jinoyatlar sodir etayotgan migrantlar va ehtimoliy terrorchilar deportatsiya qilinishi lozimligini ta’kidlab kelishmoqda.

GFR ichki ishlar vaziri Nensi Fezer Zolingendagi teraktdan keyin “tez orada deportatsiyalar” bo‘lishini bildirgandi. Germaniya hukumati o‘z prinsiplaridan kelib chiqqan holda “Tolibon” bilan mutlaqo muzokara olib bormayotgani, biroq bu kabi muzokaralarda qo‘shni davlatlar ishtirok etayotganini ta’kidlagan.

GFR hukumati migrantlar bo‘yicha choralar paketi va boshpana taqdim etish masalalarini ham muhokama qilgan. Paketda migrantlarga yonida pichoq olib yurishni taqiqlash va xavfsizlik idoralariga qo‘shimcha vakolatlar berish kabi choralar ko‘zda tutilgan.

XS
SM
MD
LG