Линклар

Шошилинч хабар
25 апрел 2024, Тошкент вақти: 18:30

Germaniyada E.coli bakteriyasi yuqqan odamlar soni kamaymoqda


E.coli bakteriyasi
E.coli bakteriyasi
Germaniyaning kasalliklarni nazorat qilish markazi E.coli bakteriyasi yuqqan odamlar soni kamaya boshlaganini xabar qildi.

Robert Kox nomidagi institut Germaniyada 3,235 kishiga E.coli bakteriyasi yuqqanini bildirdi.

Seshanbaga o‘tar kechasi Selle shahrida ikki yoshli bola mazkur bakteriya yuqqani oqibatida nobud bo‘ldi.

Shu paytgacha E.coli bakteriyasidan 36 nafar germaniyalik va bir shvyesiyalik nobud bo‘ldi.

Bakteriya tarqatayotgan manba aniq bo‘lmagani sababli qishloq xo‘jalik sohasi katta zarar ko‘rdi.

14 iyun kuni Yevropa Ittifoqi meva va sabzavot yetishtiruvchi fermerlarga tovon puli to‘lash uchun 306 million yevro ajratish haqida qaror qabul qildi.
XS
SM
MD
LG