Линклар

Шошилинч хабар
12 октябр 2024, Тошкент вақти: 09:22

Google: Rossiyadagi YouTube bilan bog‘liq muammoga aloqamiz yo‘q


Rossiyadagi YouTube faoliyatida 1-avgust kuni kuzatilgan uzilishlar // downdetector.su grafigi
Rossiyadagi YouTube faoliyatida 1-avgust kuni kuzatilgan uzilishlar // downdetector.su grafigi

Google korporatsiyasi Rossiyada YouTube videoxostingiga kirishda yuzaga kelayotgan muammolarga aloqasi borligini rad etdi. Bu haqda “Kommersant’” xabar qildi.

Rossiyada ayrim odamlar YouTube kira olmayotgani bizga ma’lum. Bu hech qanaqa texnik muammo yoki biz tomonimizdan biror-bir harakat natijasi bo‘lib hisoblanmaydi”, deya bildirgan Google vakillari nashrga.

Birinchi avgustdan boshlab rossiyalik YouTube foydalanuvchilari yoppasiga xizmat faoliyatida uzilishlarga duch kelishmoqda: video sekin yuklanyapti yoki umuman yuklanayotgani yo‘q. O‘tgan bir sutka mobaynida “Sboy.rf” portali 14 mingdan ziyod shikoyatni qayd etgan – shikoyatlarning eng ko‘pi Moskva, Sankt-Peterburg shaharlari va Krasnodar o‘lkasidan kelgan.

Iyul oyi o‘rtalarida “Rostelekom” shirkati “Google'ning Rossiyadagi serverlari eskirgani” tufayli YouTube Rossiyada yomon ishlashni boshlashi mumkinligidan ogohlantirgan edi. Xususan, provayder “texnik muammolar Rossiyadagi barcha operatorlar mijozlari gadjetlarida YouTube'da roliklar yuklanishi va tasvir sifatiga” ta’sir ko‘rsatishi mumkinligini qayd etgan. Qator ekspertlar “Rostelekom” izohiga shubha bilan qarashgan.

Bir hafta avval esa (25-iyul kuni) Davlat dumasi deputati Aleksandr Xinshteyn “aksilrossiya siyosati” tufayli YouTube ishi 70 foizga sekinlashishi mumkinligiga oid taxminlari bilan o‘rtoqlashgan. Unga ko‘ra, bu “majburiy qadam” hozircha YouTube'ning destop versiyasigagina taalluqli bo‘ladi.

“Kommersant’” tomonidan so‘ralgan ekspertlar YouTube ishida shu kunda kuzatilayotgan uzilishlar rasmiylarning o‘sha rejasining amalga oshishi, deya taxmin qilmoqdalar.

Rossiyadagi aloqa operatorlari nashrning videoxosting bilan bog‘liq muammo sabablariga to‘g‘ridan to‘g‘ri javob berishdan bosh tortishgan. “Roskomnadzor” tashkiloti ham vaziyat yuzasidan izoh bergan emas.

XS
SM
MD
LG