Линклар

Шошилинч хабар
16 апрел 2024, Тошкент вақти: 21:36

Google + ijtimoiy tarmog‘i ishga tushirildi


Google + ijtimoiy tarmog'ining logosi.
Google + ijtimoiy tarmog'ining logosi.
Dunyodagi yetakchi internet shirkatlaridan bo‘lgan Google seshanba kuni yangi ijtimoiy tarmoqni ishga tushirishni e‘lon qildi.

Google+ deb nomlangan bu tarmoqning sinov varianti ayni damda internetga o‘rnatilgan va cheklangan foydalanuvchilar tarafidan sinovdan o'tmoqda.

Foydalanuvchilarning dastlabki ta'sirotlariga ko'ra, yangi ijtimoiy tarmoqdan foydalnish juda ham oson va unda Googlening "firmenniy" oq rangi ko'p joyni egallaydi. Boshqa ijtimoiy tarmoqlardagi kabi, Google+ da ham foydalanuvchi boshqalar bilan do'stlashishi va ular bilan xabarlar, yangiliklar, video va suratlar almashishi mumkin. Sinovchilarning aytishicha, yangi tarmoqda do'stlarni saralash va ular bilan alohida "doiralar" ("circles" - Facebookda "friends list", Twitterda "list") yaratish juda oson.

Sinovchilarga ko'ra, Google+ ning eng afzal taraflaridan biri bu guruh ichidagi video-qo'ng'iroqlar imkoniyatidir. Facebookning ham, Twitterning ham bunday funksiyasi yo'q. Skype dasturi bir nechta foydalanuvchi o'rtasida video-qo'ng'iroq qilish imkoniyatini beradi, biroq buning uchun oy sayin pul to'lab borish kerak.

Mutaxassislar Googlening yangi xizmatini ishga tushirishi dunyodagi eng katta ijtimoiy tarmoq Facebook uchun raqobat hududini yaratadi, degan fikrda sobit. Biroq Google+ ning aksar sinovchilariga ko'ra, 700 milliondan ziyod foydalanuvchisi bor Facebook baribir Google ning yangi tarmog'idan ustunroq.

Eslatamiz, O'zbekiston internet foydalanuvchilari asosan Odnoklassniki.Ru va "Moy mir" kabiy Rossiyaning ijtimoiy tarmoqlaridan foydalanishadi.
XS
SM
MD
LG