Линклар

Шошилинч хабар
20 апрел 2024, Тошкент вақти: 14:27

Gresiyada ommaviy ish tashlash bo‘lib o‘tmoqda


Byudjetdan maosh oladigan mulozimlar¸ vrachlar hamda tez ërdam mashinalari haydovchilari 48 soatlik ish tashlash e‘lon qilishdi.

Ularga davlat ommaviy axborot vositalari jurnalistlari¸ davlat teatrlarining akterlari ham qo‘shildi.

Ular byudjet xarajatlarini keskin kamaytirish borasidagi hukumat rejasiga qarshi chiqishdi.

Rejaga ko‘ra, Gresiya byudjeti 28 milliard yevroga ozishi kerak.

Dushanba kuni Gresiya bosh vaziri Georgios Papandreu parlamentdan hukumat byudjetini qisqartirish tadbirini qo‘llashni so‘radi.

Bu qaraor amalga oshsagina, Gresiya YeI va Xalqaro valyuta jamg‘armasidan 13 milliard yevro kredit olishi mumkin.

Ayni paytda Gresiya o‘ta jiddiy iqtisodiy bo‘hronni boshdan kechirmoqda.
Mamlakatda ishsizlik 16 foizdan oshgan.
XS
SM
MD
LG