Линклар

Шошилинч хабар
18 апрел 2024, Тошкент вақти: 23:14

Gruziyada namoyishlarni tarqatish payti ikki odam o‘ldi


Gruziya poytaxti Tbilisida payshanbaga o‘tar kechasi namoyishchilarni tarqatish paytida ikki odam qurbon bo‘ldi, qirqqa yaqin odam jarohatlandi.

Prezident Mixail Saakashvili iste‘fosini talab etayotgan yuzlab namoyishchilarni Tbilisi markazidan tarqatish uchun politsiya ko‘zdan yosh chiqazuvchi gaz va suv purkagichlardan foydalandi.

Gruziya ichki ishlar vazirligiga ko‘ra, namoyish tashkilotchilarini katta tezlikda maydondan olib chiqib ketayotgan mashinalar ikki kishi, jumladan bir politsiya xodimini bosib ketgan.

Gruziya muxolifati yetakchisi Nona Gaprindashvili namoyishga chiqqan o‘nlab odam xibsga olinganini aytdi.
XS
SM
MD
LG