Линклар

Шошилинч хабар
13 октябр 2024, Тошкент вақти: 12:22

HAMAS siyosiy byurosiga Yahyo Sinvar rahbar bo‘ldi


Yahyo Sinvar
Yahyo Sinvar

AQSH va YIda terror tashkiloti deb topilgan HAMAS guruhi Ismoil Haniya o‘limidan so‘ng o‘zining yangi siyosiy lideri ismini ochiqladi. Bu lavozimni 2023-yil 7-oktyabridagi Isroilga hujum tashkilotchisi deb ko‘rilgan Yahyo Sinvar egalladi.

Reuters agentligi ma’lumotiga ko‘ra, Yahyo Sinvar G‘azo sektorida yashirinib yuribdi. Balog‘atga yetganidan keyingi umrining yarmini Isroil qamoqxonalarida o‘tkazgan Sinvar Haniyaning o‘limidan so‘ng HAMASning tirik qolgan eng nufuzli lideri bo‘lib hisoblanadi.

Ismoil Haniya iyul oyi oxirida Tehronda qarorgohiga berilgan zarba oqibatida o‘lgan edi. Uning o‘limi uchun mas’uliyatni Isroil rasmiylari o‘z zimmalariga olgan emas.

Iyul oyi oxiridan buyon Yaqin Sharq mintaqasida taranglik sezilarli darajada oshib boryapti. Taranglik kuchayishi, jumladan Eron va u dastaklayotgan “Hizbulloh” doxil guruhlarning jangarilar ikki lideri o‘ldirilgani uchun Isroilga “keskin qasos” hozirlanayotganiga oid bayonotlari manzarasida kuzatilmoqda. Bu yerda gap Bayrutda “Hizbulloh” komandiri Fuad Shukr o‘ldirilishi hamda Tehronda HAMAS siyosiy lideri Ismoil Haniya o‘limi haqida bormoqda.

XS
SM
MD
LG