Линклар

Шошилинч хабар
10 октябр 2024, Тошкент вақти: 00:27

Harris prezidentlikka nomzod o‘laroq ilk intervyusini berdi


Kamala Harris (arxiv surati)
Kamala Harris (arxiv surati)

AQSH vitse-prezidenti Kamala Harris 29-avgust kuni Demokratik partiyadan prezidentlikka nomzod o‘laroq AQSH ommaviy axborot vositalariga ilk intervyusini berdi

CNN telekompaniyasi bilan suhbatda Harris Demokratik partiyaning o‘tgan haftada yakunlangan qurultoyi chog‘ida ochiqlagan tezislariga urg‘u bergan. “Oq uydagi ilk kuningizda nimalar qilmoqchisiz?” degan birinchi savolga javoban Harris o‘zi uchun eng ustuvor vazifa “o‘rta sinfni dastaklash” bo‘lishini aytgan.

Men odamlar olg‘a intilishga tayyor, deb o‘ylayman”, deya ta’kidlagan AQSH prezidenti lavozimiga nomzod Kamala Harris.

U amerikalik saylovchilar uchun muhim bo‘lgan masalalar, shu jumladan immigratsiya tizimini isloh qilish va Isroilni dastaklashda davom etish zarurligi masalalarida prezident Jo Bayden olib borgan siyosatga sodiq qolishini tasdiqlagan.

Harris o‘tgan to‘rt yil mobaynida Bayden ma’muriyati Qo‘shma Shtatlarda zamonaviy sanoat yaratilishiga investitsiyalar jalb qilinishini, “yashil industriya” rivojlanishini, mamlakat infratuzilmasi yangilanishini kafolatlovchi qonunlar qabul qilinishiga erishganini eslatib o‘tgan.

Kamala Harris tanqidchilarining asosiy e’tirozlaridan biri AQSH vitse-prezidenti bo‘lib ishlagan yillarida u turli masalalar bo‘yicha qarama-qarshi fikrlar bildirgani, Demokratik partiya so‘l liberal qanotining yorqin vakilasi o‘laroq tanilgani, masalan, avvaliga slanetsli neft qazib olinishini taqiqlash tarafdori bo‘lib, keyinchalik bu pozitsiyasidan voz kechgani bo‘lib hisoblanadi.

Mening qadriyatlarim o‘zgargani yo‘q”, deya ta’kidlagan Kamala Harris. Harrisga ko‘ra, u muhim masalalar bo‘yicha murosaga erishilishiga urinmoqda, xolos.

XS
SM
MD
LG