Линклар

Шошилинч хабар
20 апрел 2024, Тошкент вақти: 01:30

Husni Muborak sud qilinadi


Misr sobiq prezidenti Husni Muborak.
Misr sobiq prezidenti Husni Muborak.
Misr sobiq prezidenti Husni Muborak va uning ikki o‘g‘li ustidan mahkama 3 avgust kuni bo‘ladi.

Bu haqda Misrning MENA axborot agentligi xabar qildi.

Agentlikning sud rasmiylariga tayanib xabar qilishicha, Muborakka korrupsiya hamda fevral oyida mamlakatda g‘alayonlar payti namoyishchilarning o‘ldirilishi bilan bog‘liq ayblovlar qo‘yilmoqda.

Husni Muborak iste‘fosi bilan yakun topgan Misrdagi namoyishlarda 800 dan ortiq namoyishchi o‘ldirilgan edi.

Ayni paytda 83 yoshli Muborakning ahvoli og‘ir ekani aytiladi.

Sobiq prezident Qizil dengiz bo‘yidagi Sharm al-Shayx shahridagi turma kasalxonasida qolmoqda.
XS
SM
MD
LG