Линклар

Шошилинч хабар
25 апрел 2024, Тошкент вақти: 15:28

Ikki yil avval yo‘qolgan samolyot parchalari topildi


Halokatga uchragan samolyot parchasi topilgan payt, 08 iyun 2009 yil
Halokatga uchragan samolyot parchasi topilgan payt, 08 iyun 2009 yil
Fransiyalik mutaxassislar qariyb ikki yil oldin halokatga uchragan samolyot parchalarini topdi.

Bortida 228 yo‘lovchi bo‘lgan Air France havo yo‘llariga qarashli “Aerobus A330” rusumli samolyot 2009 yil 1 iyun kuni Rio de Janeyro shahridan Parijga uchib ketayotgan paytda Atlantika okeaniga qulagan edi.

Samolyot ekipaji a‘zolarining so‘zlashuvi yozilgan qora qutini dengiz tubidan robotlar yordamida qidirib topish yo‘lidagi to‘rtinchi urinish o‘tgan oy boshlangan edi.

Yo‘lovchi samolyoti halokati sabablarini aniqlash maqsadida ochilgan jinoiy ishning bir qismi sifatida Fransiya hukumati samolyot ishlab chiqargan Aerobus va Air France shirkatlari ustidan tekshiruv olib borayotgan edi.
XS
SM
MD
LG