Линклар

Шошилинч хабар
19 март 2024, Тошкент вақти: 08:31

450 indamas norozi hibsga olindi


Belorussiyaning bir qator shaharlarida kecha bo‘lib o‘tgan navbatdagi norozilik aksiyasi ishtirokchilaridan qariyb 450 kishini, shu jumladan Minskda 200 kishini militsiya qo‘lga oldi.

Belorussiyada o‘tkazilayotgan kechagiga o‘xshash aksiyalar ishtirokchilari o‘z noroziliklarini shaharlar maydonlariga yig‘ilib sukut saqlash bilan bildirmoqda.

Mazkur aksiyalarni “Ijtimoiy tarmoq orqali inqilob” deb nomlangan Internet hamjamiyati “Vkontakte” saytida uyushtirmoqda.

Dastlabki aksiya 8 iyun kuni Minskda o‘tkazilgan edi. 15 iyun kuni esa bunday aksiya bir necha shaharda uyushtirilgan va unda bir necha ming kishi qatnashgan edi.

“Ijtimoiy tarmoq orqali inqilob” onlayn hamjamiyatining aksiyasida qo'lga olinganlar:
XS
SM
MD
LG