Линклар

Шошилинч хабар
19 март 2024, Тошкент вақти: 13:38

iPad 2 rekordlarni urmoqda


Apple shirkati rahbari Stiv Jobs kasalxonadan yaqinda chiqganiga qaramasdan, iPad 2 planshet kompyuteri taqdimoti marosimini o'zi olib bordi.
Apple shirkati rahbari Stiv Jobs kasalxonadan yaqinda chiqganiga qaramasdan, iPad 2 planshet kompyuteri taqdimoti marosimini o'zi olib bordi.
Mart oyining ikkinchi kunida taqdim etilgan Apple shirkatining iPad 2 planshet kompyuterining sotuvga chiqqaniga hali bir hafta bo'lmaganiga qaramasdan, uning kamida 500 ming donasi sotilib bo'lgani aytilmoqda.


Piper Jaffray Cos. shirkatining hisob-kitobiga ko'ra, iPad planshet kompyuterlarining ikkinchi avlodi bo'lmish iPad 2 plansheti 11 mart kuni savdo rastalariga chiqgandan beri uning 500 ming donasi sotildi. Solishtiradigan bo'lsak, iPad 1 ning sotuvdagi birinchi haftasida planshetning 300 ming donasi sotilgan edi. Hozircha Apple shirkatining o'zi iPad 2 plansheti sotuvi bo'yicha aniq raqamlarni berayotgani yo'q.

Ayni damda Apple maxsulotlarini sotuvchi yirik savdo shirkatlari bo'lmish Target va Best Buy do'konlaridagi barcha iPad 2 planshet kompyuterlari sotib tugatilgan. Apple ning o'zida esa internet orqali qilingan buyurtmalarning soni borgan sari ortib bormoqda.

iPad ning ikkinchi avlodi birinchisiga qaraganda ancha yupqa va yengil. Uning yana bir o'zgacha tarafi shundaki, uning old va orqa taraflarida o'rnatilgan kameralar bor. Ichki protsessori ham birinchisidan kuchliroq.

iPad 2 planshet kompyuterining taqdimoti marosimida Apple shirkatining rahbari Stiv Jobs o'z shirkatini planshet kompyuterlari bozorini 90% egallaganini aytib o'tgan edi.

XS
SM
MD
LG