Линклар

Шошилинч хабар
29 март 2024, Тошкент вақти: 03:09

Isfaralik imom O‘IHga a‘zolikda gumonlanmoqda


O'zbekiston Islomiy harakatining Afg'onistondagi jangarilari.
O'zbekiston Islomiy harakatining Afg'onistondagi jangarilari.
So‘g‘d viloyat ichki ishlar boshqarmasi tarqatgan ma‘lumotlarga ko‘ra, Isfara shahar masjidlarining birida imomlik qilgan 57 yoshli fuqaro 2007 yildan buyon mahalliy namozxonlar orasida O‘zbekiston Islomiy harakati g‘oyalarini targ‘ib qilish bilan shug‘ullangan.
Ayni paytda bu holat yuzasidan jinoyat ishi ochilgani ma‘lum qilindi, biroq tergov jarayoniga xalaqit bermaslik vajidan isfaralik imomning shaxsi e‘lon qilinmasligi ta‘kidlandi.
Aytish lozimki, 2001 yilda Tojikiston Oliy sudi qarori bilan tojik jamiyatida O‘zbekiston Islomiy harakati faoliyati ta‘qiqlangan edi.
2011 yilning o‘tgan besh oyi badalida Tojikiston shimolida mazkur harakatga a‘zolikda gumonlanmish 14 kishi hibsga olingan.
XS
SM
MD
LG