Линклар

Шошилинч хабар
07 октябр 2024, Тошкент вақти: 03:19

Isroilda hukumat siyosatidan norozilik kuchayib bormoqda


Tel-Avivda 1-sentyabr kuni bo‘lib o‘tgan norozilik aksiyasidan lavha
Tel-Avivda 1-sentyabr kuni bo‘lib o‘tgan norozilik aksiyasidan lavha

Isroilda 2-sentyabr kuniga yoppasiga ish tashlash aksiyasi belgilangan. Uni mamlakatdagi eng yirik kasaba uyushmalari federatsiyasi uyushtirgan. Norozilik tadbiri ishtirokchilari Isroil rasmiylaridan HAMAS guruhi (AQSH va Yevropa Ittifoqida terror tashkiloti deb tan olingan) tomonidan G‘azo sektorida o‘tgan yilning 7-oktyabridan buyon garovda tutib turilganlarning zudlik bilan ozod qilishni talab qilishmoqda.

Kasaba uyushmalari federatsiyasi rahbari Arnon Bar-David taxminiga ko‘ra, Isroil rasmiylari HAMAS bilan kelishuvni siyosiy mulohazalarga ko‘ra ortga surishmoqda.

Isroil muxolifati lideri Yair Lapid ham shunga o‘xshash bayonot bilan chiqqan.

U yerda tirik tutqunlar hali ham bor, biz hali ham kelishuv tuzishimiz mumkin. Biroq [Isroil bosh vaziri Binyamin] Netanyahu siyosiy sabablarga ko‘ra bu qadamga bormayapti”, deya iqtibos keltirgan Yair Lapid so‘zlaridan The Jerusalem Post nashri.

HAMAS tomonidan garovga olinganlarning oilalari forumi ham ish tashlash chaqirig‘i bilan chiqqan.

Zabastovka chog‘ida Tel-Avivdagi Ben-Gurion aeroporti faoliyatini to‘xtatadi, hukumat muassasalari, korxonalar, maktab va bog‘chalar qisman yopiladi. Tibbiyotchilar dam olish kuni grafigi bo‘yicha ishlashadi.

31-avgust oqshomida Isroil armiyasi G‘azo sektorida olti nafar garovdagi shaxs jasadlarini topgan. 1-sentyabr kuni isroilliklar HAMAS bilan kelishuvga erishish talabi bilan norozilik aksiyasiga chiqishgan. Namoyishchilar butun mamlakat bo‘ylab chorrahalar va asosiy yo‘llarni to‘sib qo‘yishgan.

Netanyahu HAMAS tomonidan garovga olinganlarni qutqarish o‘z kabineti uchun ustuvor vazifa bo‘lib qolayotganini bildirgan.

XS
SM
MD
LG