Isroilning oralarida ikki nafar voyaga yetmagan shaxs bo‘lgan yetti nafar fuqarosi Eron razvedkasi uchun ishlaganlikda ayblanyapti.
Ayblanuvchilar kelib chiqishi Ozarbayjondan bo‘lgan kishilar, Hayfa shahri hamda Isroilning boshqa shimoliy hududlari turg‘unlari bo‘lib hisoblanadi.
Tergov taxminiga ko‘ra, ular o‘z kuratorlarining Isroil armiyasi harbiy bazalari haqida ma’lumot va tasvirlar yig‘ish doxil topshiriqlarini bajarishgan.
Tergov ikki yildan ko‘proq davom etgan. U jinoyatchilar Eron razvedka tuzilmasi uchun 600 ga yaqin topshiriqni bajarganini aniqlagan. Iddaoga ko‘ra, ayblanuvchilar o‘z faoliyatlari uchun kriptovalyuta doxil yuzlab ming dollar pul olishgan.
Ayblanuvchilar sentyabr oyida hibsga olingan. Hibsga olinguniga qadar ulardan ayrimlari G‘azo sektorida davom etayotgan harbiy amaliyot hamda Livan shimolida eronparast “Hizbulloh” guruhi bilan boshlangan to‘qnashuv manzarasida Eron bilan hamkorlikni davom ettirayotgan bo‘lgan.
Prokuratura bu so‘nggi yillar ichida o‘rganilgan eng jiddiy ishlardan biri ekanini urg‘ulamoqda.
“Hizbulloh” guruhi AQSH va Isroilda terror tashkiloti deb tan olingan. Yevropa Ittifoqida “Hizbulloh”ning faqat qurolli qanotigina terror guruhi o‘laroq bilinadi.