Линклар

Шошилинч хабар
24 апрел 2024, Тошкент вақти: 05:03

Issiqko‘lda kaltaklangan qozog‘istonlik vafot etdi


Qirg‘izistondagi Issiqko‘l sohilida bir guruh mahalliy yoshlar tomonidan kaltaklangan Qozog‘iston fuqarosi Yerlan Balmaxayev yakshanba kuni ertalab Bishkekdagi Milliy gospitalda vafot etdi.

Ozodlik radiosi qirg‘iz xizmati bu haqda gospitalning neyroxirurgiya bo‘limidan olingan ma‘lumotga tayanib xabar qildi.

Qozog‘istonlik sayyoh shanba kuni Cho‘lponota shahridagi kasalxonadan Bishkekdagi gospitalga ko‘chirilgan edi.

Qozog‘istondan Issiqko‘lga dam olish uchun kelgan Yerlan Balmaxayev 7 avgustga o‘tar tunda noma‘lum yoshlar tomonidan avval tunalgan va so‘ngra kaltaklangan, kaltak zarbidan lat yegan miyasi operatsiya qilingan edi.
XS
SM
MD
LG