Линклар

Шошилинч хабар
29 март 2024, Тошкент вақти: 11:38

"Iyun voqeasidan militsiya foyda ko‘rdi"


-Qirg‘izistonning huquq-tartibot organlari mamlakat janubida o‘tgan yilning iyunida bo‘lib o‘tgan voqealardan foyda ko‘rdi, dedi Qirg‘izistondagi “Demokratiya va fuqarolik jamiyati uchun” koalitsiyasi rahbari Dinara Oshuraxunova.

24.kg axborot agentligi xabariga qaraganda, Oshuraxunova Qirg‘iziston parlamenti fraksiyalaridan birining majlisida qilgan chiqishi chog‘ida O‘sh va Jalolobodda militsiya xodimlari odamlarni hech qanday asossiz ushlab pasportlarini tortib olmoqda va so‘ngra qo‘lga olinganlarning yaqinlaridan 500 dollardan pul talab qilmoqda.

Oshuraxunovaga ko‘ra, militsiya xodimlarining bunday noqonuniy harakatlari asosan mahalliy o‘zbeklarga qaratilgan.

U, shuningdek, janubiy viloyatlar aholisini ayrim siyosatchilar va amaldorlarning matbuotdagi chiqishlaridagi millatchilik ruhi tashvishga solmoqda, degan.
XS
SM
MD
LG