Линклар

Шошилинч хабар
29 март 2024, Тошкент вақти: 14:26

Jahon chempionati: O'zbekiston raqibi Avstraliya


O'zbekiston terma jamoasi hujumchilari Abbosbek Maxstaliyev va Temur Xakimovlar Chexiya termasi himoyachisi Yidrix Kadulaga qarshi. Torreon shahri, Meksika, 25 iyun 2011 yil.
O'zbekiston terma jamoasi hujumchilari Abbosbek Maxstaliyev va Temur Xakimovlar Chexiya termasi himoyachisi Yidrix Kadulaga qarshi. Torreon shahri, Meksika, 25 iyun 2011 yil.
Meksikada o'tayotgan o'smirlar o'rtasidagi Jahon chempionatida g'ayrat bilan to'p tepayotgan o'smirlarimiz terma jamoasi nimchorak finalda Avstraliya o'smirlariga qarshi maydonga chiqishadigan bo'ldi.

Ha, huddi o'sha Avstraliya. Shu yili Qatarda o'tgan Osiyo kubogining yarim finalida O'zbekiston terma jamoasini 6:1 hisobi bilan yer tishlatgan Avstratilya. Yodingizga tushdimi? Esingizda bo'lsa, o'sha o'yindan so'ng terma jamoamiz bosh murabbiyi Vadim Abramov tushkunlikga tushganidan jurnalistlar savollariga tuzuk-quruq javob berolmagan edi. Exx, Avstraliya...

Meksikaga qaytsak. "D" guruhida ikki g'alaba va bir mag'lubiyat bilan birinchi o'rinni olgan o'zbekistonlik o'smirlarimiz nimchorak finalda "F" guruhida uchinchi o'rinni olgan jamoa bilan kuch sinashishi kerak edi. Peshonani qarang-ki, so'ngi o'yinini Daniya bilan durang o'ynagan Avstraliya terma jamoasi jami bo'lib to'rt ochko to'plab, "F" guruhida uchinchi o'rinni egalladi. Tarix qaytalanish hususiyatiga ega, deb bejiz aytishmasa kerak...

O'smirlarimiz bosh murabbiyi Aleksey Yevstafeyev ham bu g'alabadan juda mamnun.

- Bu yutug'imizdan juda ham hursandman. Bu bizning orzuimiz edi va bugun u amalga oshdi. Nimchorak finalga chiqishimiz o'yinchilarimizning ulkan kuchi va mahorati tufayli amalga oshdi. Qisqa vaqt ichida Torreon shahri bizning ikkinchi uyimizga aylanishga ulgurdi. Bundan biz albatta nimchorak finalda foydalanamiz, - deydi Aleksey Yevstrafeyev.

Eslatamiz, O'zbekiston o'smirlar terma jamoasi nimchorak uchrashuvini Avstraliya terma jamoasiga qarshi Torreon shahrining "Korona" stadionida 29 iyun kuni o'tkazadi. O'yin Toshkent vaqti bilan tungi soat 1:00 da boshlanadi.

O'ylaymizki o'smirlarimiz terma jamoasi "aka"larini Qatarda hafa qilgan Avstraliya terma jamoasi "uka"lariga to'p tepish qanday ekanligini ko'rsatib qo'yadi.
XS
SM
MD
LG