Линклар

Шошилинч хабар
08 ноябр 2024, Тошкент вақти: 07:52

JB vakili O‘zbekistonni o‘tish davrida "qotib qolishdan" ogohlantirdi


Marko Mantovanelli. “Gazeta.uz”.
Marko Mantovanelli. “Gazeta.uz”.

Jahon bankining O‘zbekistondagi vakolatxonasi rahbari sifatidagi missiyasini yakunlagan Marko Mantovanelli “Gazeta.uz” nashriga bergan intervyusida mamlakatni bozor iqtisodiyotiga o‘tish jarayonini oxiriga yetkazishga chaqirdi.

“O‘zbekistonning 2017-yildan buyon erishgan o‘sishi va yutuqlarini e’tirof etamiz. Biroq bugungi kunda mamlakat o‘z iqtisodiy rivojlanishining yanada murakkab bosqichiga kirib bormoqda. Iqtisodiyotda o‘zining ustun mavqeini saqlab qolayotgan davlatning rolini tubdan qayta ko‘rib chiqish vaqti keldi”, degan Marko Mantovanelli.

JB vakiliga ko‘ra, O‘zbekiston iqtisodiyotida davlat korxonalarining ustun roli saqlanib qolmoqda.

“O‘zbekistonda davlatning ustuvor roliga asoslangan iqtisodiyotdan bozor iqtisodiyotiga o‘tishni ta’minlash uchun islohotlar chuqurroq tizimli xarakter kasb etishi zarur. Aks holda, mamlakat o‘tish davrida qotib qolishi xavfi mavjud.

Bu maqsadni amalga oshirish uchun O‘zbekiston murakkab, lekin kelgusida o‘z mevasini beradigan g‘oyatda muhim makroiqtisodiy islohotlarni amalga oshirishi kerak bo‘ladi”, deydi ekspert.

Ta’kidlanishicha, O‘zbekiston hukumati xususiy sektorni jalb qilish uchun kamroq darajada investor va ko‘proq vositachi bo‘lishi zarur.

JBning O‘zbekistonga moliyaviy-tahliliy yordami 2017-yildan buyon uch baravar oshgan. Hozirda yirik xalqaro moliya institutining O‘zbekistondagi loyiha portfeli umumiy qiymati 6 mlrd dollardan ortiq bo‘lgan 27 ta loyihadan iborat. Shundan 2,4 mlrd dollarga yaqini hali ishlab chiqish bosqichida.

XS
SM
MD
LG