Линклар

Шошилинч хабар
02 декабр 2021, Тошкент вақти: 08:53

Jizzaxlik quruvchilar: “Hokimga ishonib ish haqini ololmay qoldik!”(VIDEO)


Jizzax viloyat, Yangiobod tumanidan OzodMikrofonga arz qilgan quruvchi yigitlarning shikoyat qilishicha, ular tuman Madaniyat saroyi qurilishida sentabr oyida ishlagan va quruvchi firma rahbari ularga shartnomadagi ish haqlarini bermaganidan so‘ng, ishni to‘xtatishgan.

Ammo ularning so‘zlariga ko‘ra, Yangiobod tuman hokimi Ibrohim Qarshiboyev quruvchilar oldiga kelib “ishni to‘xtatmanglar, ish haqlaringni beradi, bermasa men beraman” deb lafz qilgan. Quruvchi yigitlar rahbari Abubakr Qudratov esa 18 million so‘m ish haqini shu paytgacha ololmay sarson bo‘lib yurishgani, hokimga arz qilib borishganda hokim ularni tanimasligini aytib, qabul qilmayotganidan shikoyat qilmoqda.

“Ҳокимнинг лафзига ишониб иш ҳақини ололмай қолдик!”
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:08:00 0:00
Бевосита линк

Abubakr hokim qabuliga borishganida ularni ichkariga kirgizmayotgani videosini ham Ozodlikka taqdim etdi.

Қурувчилар иш ҳақини олиш учун Янгиобод тумани ҳокими қабулига киритилмаяпти.
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:01:11 0:00

****************************************************************

Muhtaram mushtariy, agar sizni tashvishga solayotgan muammolar bo‘lsa, shuningdek, o‘zingiz guvohi bo‘layotgan voqea-hodisalar borasida Ozodlikka xabar bermoqchi bo‘lsangiz¸ bizga qo‘ng‘iroq qiling.

SMS va qo‘ng‘iroqlaringizni +420 724 971 539 va +420 724 740 755 raqamiga yo‘llang.

OzodMikrofon sizga muntazir!

OzodMikrofon rukni ostida berilayotgan fikr va mulohazalar oddiy o‘zbekistonliklarning shaxsiy ko‘z qarashlari ifodasi va bu mulohazalar uchun Ozodlik tahririyati mas’ul emas!.

XS
SM
MD
LG