Линклар

Шошилинч хабар
25 апрел 2024, Тошкент вақти: 20:30

Jurnalist Shukur Sodiq ozod qilindi


Adliya vazirligining “Inson va qonun” gazetasi muxbiri Shukur Sodiq hibsdan ozod etildi.
Jurnalistning rafiqasi Anora eri hibsdan ozod bo‘lganini tasdiqlab, ayni paytda eri uyda ekanligini aytdi.
Biroq Anoraga ko‘ra, hozirda Shukur Sodiq o‘zining hibsga olinishi borasida matbuot bilan gaplashishni istamayapti.
“Ezgulik” jamiyati tarqatgan ma‘lumotga ko‘ra, samarqandlik jurnalist va shoir Shukur Sodiq shu yilning 1 iyunida Toshkent shahridagi xususiy oshxonalardan birida qo‘lga olinib, unga O‘zbekiston JKning 212-moddasi bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan edi.
Uznews.net sayti tarqatgan xabarga ko‘ra, Shukur Sodiq pora oldi-berdisida ishtirok etgani haqidagi ayblovni bo‘yniga olgan.
Ozodlikka ma‘lum bo‘lishicha, Chegara bilmas muxbirlar tashkiloti Shukur Sodiq bilan bog‘liq vaziyatni o‘rgangan, biroq bu borada biror bir bayonot e‘lon qilganicha yo‘q.
XS
SM
MD
LG