Линклар

Шошилинч хабар
28 март 2024, Тошкент вақти: 14:16

Kasalxonaga ko‘rpa va o‘tin bilan: Turkmaniston sog‘liq tizimi xasta


Turkmanistonning aksariyat kasalxonalarida bemorlar o‘zlari bilan birga oziq-ovqat, dori-darmon, ko‘rpa-to‘shak va hatto isitish uchun o‘tin ham olib kelishlari kerak
Turkmanistonning aksariyat kasalxonalarida bemorlar o‘zlari bilan birga oziq-ovqat, dori-darmon, ko‘rpa-to‘shak va hatto isitish uchun o‘tin ham olib kelishlari kerak

Turkmanistonning Lebap va Toshhovuz kabi viloyatlaridagi qishloq turg‘unlari xasta bo‘lishganida, iloji bo‘lsa, kasalxonaga bormasliklarini so‘zlab berishdi. Ularga ko‘ra, viloyatlardagi sog‘liqni saqlash muassasalari bemorlarga yordam berishga ojiz.

Lebap viloyatining Darganta tumanida shifoxonaga yotqizilgan bemorlar o‘zlari bilan hatto o‘tin va ko‘rpa olib kelishlari kerak.

Aholining ta’kidlashicha, ular o‘zlari ovqatlanishlari kerak, chunki mahalliy kasalxonalar ovqatlanish uchun hech narsa taklif qilmaydi.

Shuningdek, Turkmaniston qishloqlaridagi aksar kasalxonalarda zamonaviy tibbiyot asbob-uskunalari yoki dori-darmon yetishmaydi.

Туркманистон президенти Алабайга олтин ҳайкал ўрнатди
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:03:17 0:00

Kasallar kerakli dori-darmonlarni ham o‘zlari olib kelishlari yoki o‘zlariga kerakli dorilarni olish uchun shifokorlarga pora berishlari kerak.

Qishloq aholisi kasalxonalardagi achinarli ahvol tufayli shifokordan kerakli retseptlarni olib, dorixonalardan dori-darmonlarni o‘zlari xarid qilib, uyda qolmoqdalar.

Tibbiy inyeksiyalarni talab qiladigan bemorlar ko‘p holatlarda haq evaziga uyga hamshira chaqiradilar.

Ammo ishsizlik va qashshoqlik keng tarqalgan Turkmanistonda hamma ham bunday qilishga qodir emas.

Og‘ir kun kechiruvchi turkmanistonliklarning Ozodlikka aytishlaricha, qarindosh yoki qo‘shnilardan ukol qilishni so‘rash odatiy holga aylangan – ular tegishli tibbiy ekspertizaga ega bo‘lmasa ham.

Mamlakatda noto‘g‘ri yuborilgan inyeksiya tufayli bemorlar kasal yuqtirgan yoki jiddiy asoratlarga yo‘liqqan ko‘plab holat kuzatilgan.

10 - noyabr kuni Lebap viloyatidagi Ozodlik muxbiri «Odamlar bu xavfli amaliyot ekanligini biladilar, lekin ular [mahoratli mutaxassisga] berish uchun pullari yo‘qligi sababli baribir shu yo‘lga boradilar», - deya xabar qildi.

Ammo hech kim davlat shifoxonalaridagi og‘ir ahvol haqida ochiqchasiga shikoyat qilmaydi yoki davlat mulozimlarini tanqid qilmaydi. Sababi Turkmanistonning avtoritar hukumati tanqidchilar va muxoliflarga shafqatsiz tazyiq o‘tkazadi.

Turkmanistonda rasman tibbiy xizmat bepul. Davlat tomonidan moliyalashtiriladigan tibbiy sug‘urta davlat kasalxonalarida davolanishni qamraydi.

So‘nggi 10 yil ichida Turkmaniston zamonaviy kasalxonalar va diagnostika markazlarini qurish uchun millionlab dollar sarfladi.

Davlat ommaviy axborot vositalarida mamlakatning asli kasbi tish doktori bo‘lgan prezidenti Gurbanguli Berdimuhamedov zamonaviy tibbiyot muassasalarining ochilish marosimlarida qatnashgani haqida tez-tez xabar beriladi.

Ammo haqiqat davlat tomonidan taqdim etilayotgan manzaradan keskin farq qiladi. Yangi inshootlar ko‘pincha bo‘sh qoladi yoki to‘lashga qodir bo‘lgan oz sonli elitalarga xizmat qiladi.

Qurbi yetadigan turkmanistonliklar odatda chet elda davolanishadi. Ko‘plab turkmanistonlik yosh avlod tibbiyot xodimlariga, xususan, mamlakatning o‘zida joylashgan tibbiyot maktablarida tahsil olgan mutaxassislarga ishonmaydi.

So‘nggi oylarda koronavirus yuqtirish qo‘rquvi aholi orasida Turkmaniston sog‘liqni saqlash tizimiga nisbatan ehtiyotkorlikni yanada oshirdi.

Aksariyat turkmanlar hukumatning mamlakatda bironta ham COVID-19 yuqtirish holati yo‘qligi haqidagi iddaosiga ishonmaydi.

XS
SM
MD
LG