Линклар

Шошилинч хабар
25 апрел 2024, Тошкент вақти: 09:34

Kaspiy Kubogi: O'zbekiston - Qirg'iziston 7:0


Ozarbayjonda o'tayotgan "Kaspiy Kubogi"da ishtirok etayotgan O'zbekistonning futbol bo'yicha 1996 yilda tug'ilgan o'smirlar terma jamoasi guruh o'yinlari bosqichida Qirg'iziston termasini yirik 7:0 hisobi bilan mag'lub etdi.

Shiddatli, lekin faqat bir tomonlama hujumlarga boy o'yinda Shohjahon Abbosov (dubl - '15, '51), Muzaffar Ismoilov ('40), Izzat Abdullayev (het-trik - '28, '63, '65) va Muhiddin Odilovlar ('74) gol kiritishdi. Biroq terma jamoamiz vakili Ravshan Xursanov o'yinning 26-daqiqasida belgilangan penaltini amalga oshira olmadi.

O'smir futbolchilarimiz murabbiyi Dilshod Nuraliyev uchrashuvdan so'ng o'z fikrlarini bildirib o'tdi.

- Bizning bugungi raqibimiz guruhdagi boshqa jamoalar - Ozarbayjon va Turkiyaga qaraganda ancha kuchsiz hisoblanadi. Uchrachuvni yaxhshi boshladik. Birinchi bo'limno o'zidayoq uchta go'l kiritishga muvaffaq bo'ldik. Tanaffusdan so'ng jamoamiz yanada kuchliroq o'ynay boshladi va natijada yirik hisobdagi g'alabani qo'lga kiritdik, - dedi Dilshod Nuraliyev.

Qirg'iziston terma jamoasi murabbiyi Marat Jumakeyev O'zbekistonning katta tajribasi qo'l kelganini aytdi.

- Biz bu uchrashuvda g'alaba qozonishni maqsad qilgan edik. Ammo O'zbekiston terma jamoasining tajribasi o'z so'zini aytdi. Shunga qaramasdan bu qadar yirik hisobda mag'lubiyatga uchrashimizni kutmagan edim, - deydi Qizg'iziston o'smirlarining murabbiyi Marat Jumakeyev.

Murabbiy Dilshod Nuraliyev boshchiligidagi o'smirlarimiz "Kaspiy Kubogi"ning "A" guruhida Ozarbayjon, Turkiya va Qirg'iziston termalari qarshi o'ynayotgan edi. Turkiyaga 6:0, Ozarbayjonga 4:2 hisobida mag'lub bo'lgan o'smirlarimiz, "B" guruhida uchinchi o'rinni egallagan Qozog'iston terma jamoasiga qarshi 16 iyun kuni 5-o'rin uchun bellashishadi.
XS
SM
MD
LG