Линклар

Шошилинч хабар
26 апрел 2024, Тошкент вақти: 04:19

O'zbeklar dunyo nigohida: Kelajagi bashorat qilingan bolalar


Internet olamining keng sayxonida o‘zbeklar va O‘zbekiston haqida yozayotgan chet el matbuoti va blogerlarini yaqindan kuzatib borishni davom etmoqdamiz. Ho‘sh, bu gal Internet o‘zbeklar haqida nima deydi?

Bu gal Internetning tili ojiz bo'ldi shekilli, O'zbekiston va o'zbeklarni so'zlar bilan emas, balki suratlar bilan ta'rifladi.

Rossiyalik suratchi Dmitriy Chistoprudov mart oyida O'zbekistonga qilgan safari vaqtida olgan suratlar to'plamlarini o'z blogida Internet foydalanuvchilari bilan o'rtoqlashdi. Suratlar to'plami ikkita bo'lib, birinchisi o'zbekistonlik bolalarga bag'ishlangan. Ikkinchi to'plamda esa oddiy o'zbekistonliklarning kundalik hayoti va turmush tarzi aks etgan.

Dmitriy Chistoprudov olgan suratlarning yana bir e'toborli tarafi boshqalar tarafidan qo'yilgan sharhlardir. "Yosh to'lqin" tahririyati diqqatini o'ziga jalb qilgan yagona sharh o'zbekistonlik bolalar aks etgan suratlar to'plamiga qo'yilgan. Unda shunday deyiladi:

- Juda ham chiroyli suratlar - Moskva uy-joy xo'jaligining kelajakdagi ishchilari!

Minglagan o'zbekistonlik mehnat muhojirlarining Rossiya va boshqa mamlakatlarda "chyorniy" ishlarda sarson bo'lib yurishi nahotki ularning bolalariga ham meros bo'lib qoladi?
XS
SM
MD
LG