Линклар

Шошилинч хабар
28 март 2024, Тошкент вақти: 20:45

H. Klinton: Toliblar bilan so‘zlashuvlar zaruriy chora


-AQSh Afg‘onistondagi siyosiy vaziyat barqarorlashuvi jarayoniga katta ahamiyat beradi va toliblar bilan so‘zlashuvlar ana shu jarayonning bir qismidir, deb bayonot berdi AQSh Davlat kotibi Hillari Klinton Senatda bo‘lib o‘tgan muzokaralar chog‘ida.

Davlat kotibi AQSh afg‘onistonlik toliblar bilan “dastlabki muloqotlar”ni o‘rnatish yo‘lidagi harakatlarga ishtirok etayotganini e‘tirof etar ekan, toliblar bilan muloqotning “yoqimsiz”, lekin “zaruriy” chora ekanligini ta‘kidlab o‘tdi.

Klintonning bu bayonoti prezident Obama Afg‘oniston bo‘yicha rejasini e‘lon qilishi ortidan yangradi.

Prezident rejasiga binoan joriy yil oxirigacha AQSh Afg‘onistondan 10 ming nafar, 2012 yilning yozigacha 33 ming harbiy xizmatchisini olib chiqadi.

Obamaga ko‘ra, AQSh harbiylari 2014 yilgacha Afg‘onistonni bosqichma-bosqich to‘la tark etadi va mamlakat xavfsizligi ustidan nazorat to‘laligicha Afg‘oniston hukumatiga topshiriladi.

Obamaning aytishicha, Vashington Afg‘onistonda milliy yarashuv yo‘lida boshlnadigan har qanday tashabbusda faol ishtirok etishda davom qiladi.

Prezident Karzay AQSh rahbari rejasini olqishladi.

Shu kunda Afg‘onistonda xalqaro kuchlarning 130 ming, shu jumladan AQShning 100 ming nafar atrofida harbiy xizmatchisi mavjud.
XS
SM
MD
LG