Линклар

Шошилинч хабар
14 феврал 2025, Тошкент вақти: 16:50

Konstitutsiya kuni munosabati bilan 483 mahkum afv etildi


Illyustrativ surat
Illyustrativ surat

O‘zbekistonda an’anaga muvofiq 8-dekabr – Konstitutsiya kuni munosabati bilan mahkumlarning bir guruhi afv etildi.

Prezident Shavkat Mirziyoyev imzolagan “Jazo muddatini o‘tayotgan, qilmishiga chin ko‘ngildan pushaymon bo‘lgan va tuzalish yo‘liga qat’iy o‘tgan bir guruh shaxslarni afv etish to‘g‘risida”gi farmonga muvofiq, afv huquqidan 483 nafar shaxs foydalanmoqda.

Ushbu ro‘yxatga kiritilgan shaxslarning 107 nafari jazodan to‘liq ozod bo‘ladi, 275 nafari jazoni o‘tashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilinadi, 7 nafariga tayinlangan jazo yengilrog‘iga almashtiriladi, 94 nafar shaxsga esa tayinlangan ozodlikdan mahrum etish jazosining muddati qisqartiriladi.

Afv etilganlarning 25 nafarini chet el fuqarolari, 32 nafarini ayol, 5 nafarini 60 yoshdan oshgan erkaklar, 274 nafarini yoshlar (jumladan, 104 nafar voyaga yetmaganlar) hamda 6 nafarini taqiqlangan tashkilotlar faoliyatida qatnashgan shaxslar tashkil etadi.

Qayd etilishicha, farmon ijrosi doirasida afv etilgan shaxslarni oilasi va yaqinlari bag‘riga qaytarish, ijtimoiy hayotga moslashib, foydali mehnat bilan shug‘ullanishlari, sog‘lom turmush tarzini yo‘lga qo‘yib, jamiyatda munosib o‘rin topishlari uchun ularga ko‘mak berish yuzasidan mas’ul vazirlik va idoralarga tegishli topshiriqlar berilgan.

“Bu voqea yurtimizda olib borilayotgan insonparvarlik siyosatining, xalqimizga xos bag‘rikenglik, kechirimli bo‘lish, olijanoblik va mehr-muruvvat ko‘rsatish kabi ezgu fazilatlarning namoyon bo‘lganligining amaliy ifodasidir”, deyilgan farmon sharhida.

O‘zbekistonda keng ko‘lamli afvning so‘nggisi joriy yil 30-avgust kuni Mustaqillikning 33 yilligi arafasida e’lon qilingan edi. Unga muvofiq, 522 nafar shaxs afv etilgan.

O‘tgan yili Konstitutsiya kuni arafasida e’lon qilingan afvdan esa 334 mahkum foydalangandi.

XS
SM
MD
LG