Линклар

Шошилинч хабар
03 март 2021, Тошкент вақти: 02:17

Koronavirusning "Janubiy Afrika" shtammi haqida nimalarni bilamiz?


Koronavirusning yangi varianti Janubiy Afrikada dekabr oyida aniqlangan edi

Janubiy Afrika Respublikasi (JAR) o‘z aholisini AstraZeneca va Oksford universiteti koronavirusga qarshi ishlab chiqqan vaksinasi bilan emlashni to‘xtatib turibdi. Tahlillarga ko‘ra, bu vaksina mamlakatda aniqlangan shtammga qarshi unchalik samara bermas ekan.

Koronavirusning yangi varianti Janubiy Afrikada dekabr oyida aniqlangan edi, hozirda yangi kasallanish holatlarining 80%-90% aynan shu variantga to‘g‘ri kelmoqda.

Reyter agentligining tadqiqotchilarga tayanib yozishicha, u Janubiy Afrikada topilgan boshqa shtammlardan farqlanadi, chunki virus inson oqsili hujayralarini yuqtirishda foydalangan muhim oqsilda turli mutatsiyalarga uchragan.

B.1.351 turining 501Y.V2 varianti bo‘lmish yangi koronavirus avvalgi variantlaridan 53% yuqumliroq ekanligi aytilmoqda.

Janubiy afrikalik tadqiqotchilarga ko‘ra, yangi variant oqibatlari kuchliroq kasallanishga olib kelishiga yetarli dalil yo‘q. Lekin u avvalgi variantlaridan ancha tez tarqalmoqda.

27 - yanvar holatiga bu variant dunyoning 41 mamlakatida topilgan, deydi Jahon Sog‘liqni Saqlash Tashkiloti (JST). Jumladan, virusning yangi turi Avstraliya, Xitoy, Fransiya va Shveysariyada topilgan.

Pfizer/BioNTech, Moderna, AstraZeneca vaksinalari ushbu variantga qarshi yetarli himoya berishi hozirda o‘rganilmoqda.

Tadqiqotlarda aniqlangan faktlar quyidagicha:

AstraZeneca
AstraZeneca

AstraZeneca va Oksford universitetining vaksinasi

Mustaqil tadqiqotchilar tomonidan olib borilgan tahlilga ko‘ra, britaniyalik hamkorlar ishlab chiqqan vaksina yengil va o‘rta og‘irlikdagi infeksiyalardan minimal tarzda himoya qiladi.

Tahlilda 2026 nafar o‘rtacha 31 yoshda bo‘lgan ko‘ngillilar qatnashgan, shulardan yarmisiga platsebo berilgan. Yengil kasallanish deb kamida bitta koronavirus alomati aniqlangan kasallanish deb olingan.

Yuqumliroq variant keng tarqalishidan oldin vaksina samarasi 75% atrofida edi. Ko‘proq yangi variantga asoslangan keyingi tahlillarda esa, vaksina yengil va o‘rta og‘irlikdagi kasallanishdan 22% hollardagina himoya qilishini aniqlangan. Bu regulyator vaksina samarali deb hisoblanishi uchun belgilagan 50% chegarasidan ancha past.

AstraZeneca shirkatini uning vaksinasi kasallanishning og‘ir hollariga qarshi ham himoya qilishiga ishonishini bildirgan.

AstraZeneca va Oksford universiteti yangi variantlarga ham qarshi samarali vaksinaning yangi avlodini kuzgacha yaratishni rejalashtirgan.

Munosabatlar

Ba’zi tadqiqotchilarning fikricha, yangi vaksinaning paydo bo‘lishini kutmasdan mavjud AstroZeneca vaksinasi bilan Janubiy Afrika aholisini emlayverish kerak.

"Ma’lumotlar koronavirus tarqalish yo‘lini topib ketishini ko‘rsatmoqda, lekin vaksina og‘ir kasallanishga qarshi himoya qilsa, emlash sog‘liqni saqlash tizimiga bo‘lgan yukni ancha yengillashtirar edi", - deydi Oksford vaksinasi sinovlaridagi bosh tadqiqotchisi Endryu Pollard.

Ko‘ngillilar soni cheklanganligi, ularning yosh ekanligini hisobga olib, vaksina og‘irroq kasallanishlarning oldini olishini aniqlash lozim, deydi JST dushanba kunidagi bayonotida. Optimal emlash taqvimini tuzish uchun qo‘shimcha tahlillar zarur, deyiladi bayonotda.

“Bu natijalar biz qo‘ldan kelguncha virus yoyilishi hamda mavjud vaksinalarning samarasini tushirib yuborishi mumkin bo‘lgan mutatsiyalarning oldini olishimiz zarur”, deyiladi bayonotda.

“Shuningdek, ishlab chiqaruvchilar ham koronavirus evrilishiga moslashishi lozimligi tobora aniqlashmoqda”.

“Vaksinalar samarasi past bo‘lsa, ular taqdim etgan chala himoya virus mutatsiyasiga imkon berishi mumkin, va natijada, vaksina immunitetidan butkul ozod bo‘lgan mutatsiyalar paydo bo‘lishi mumkin”, deydi Bern universitetining tadqiqotchisi Emma Xodkroft.

Pfizer-BionTech
Pfizer-BionTech

Pfizer-BionTech

Mustaqil tadqiqotchilar hali xulosasini bermagan va kam sonli bemorlar ma’lumotiga asoslangan tahlillarga ko‘ra, Pfizer vaksinasi Janubiy Afrikada topilgan variantidan kamroq himoya qilishi mumkin.

Novavax
Novavax

Novavax va Johnson&Johnson

Sinovlarda aniqlanishicha, koronavirusning yangi varianti NOVAVAX va J&J tomonidan ishlab chiqilgan vaksinalarning samarasini kamaytirib yuboradi.

XS
SM
MD
LG