Линклар

Шошилинч хабар
29 март 2024, Тошкент вақти: 16:52

Liviya kuchlarining 8 ta harbiy kemasi yo‘q qilindi


NATO havo hujumlari natijasida Liviya hukumatiga qarashli 8 ta harbiy kema yo‘q qilindi.

NATOga ko‘ra, tungi havo hujumlari Liviyaning Tripoli, Al Hums va Sirt port shaharlarida amalga oshirilgan.

Ayni paytda Qaddafiy hukumati bu xabarlarni izohlaganicha yo‘q.

Payshanba kuni Liviya hukumati isyonchilar bilan yarashuv taklifini ilgari surib, ikkala tomon ham shaharlardan o‘z qo‘shinlarini olib chiqishga chaqirdi. Taklif shartlaridan biri o‘laroq, NATO kuchlari havo hujumlarini to‘xtatishi kerak, dedi rasmiy Tripoli.

Liviya muholifatiga ko‘ra, fevral oyidan buyon davom etayotgan to‘qnashuvlar natijasida 12 ming odam halok bo‘ldi.
XS
SM
MD
LG