Линклар

Шошилинч хабар
19 апрел 2024, Тошкент вақти: 20:38

Liviya rahbari iste‘foga chiqishi mumkin


Liviya rahbari Muammar Qaddafiy.
Liviya rahbari Muammar Qaddafiy.
Liviya rahbari Muammar Qaddafiy agar o‘z xavfsizligi ta‘minlansa, iste‘foga chiqishiga ishora qilgan.

Bu haqda ismi oshkor qilinmagan Rossiya rasmiysiga asoslanib "Kommersant" gazetasi xabar qildi.

4 iyul kuni Rossiya rasmiylari bilan NATO Bosh kotibi Anders Fog Rasmussen va Janubiy Afrika Respublikasi Prezidenti Yakob Zuma o‘rtasidagi uchrashuvda Liviyadagi zo‘ravonliklarga chek qo‘yish yo‘llari muhokama qilindi.

Qaddafiy rejimiga qarshi isyonlar arab dunyosini larzaga solgan xalq isyonlari ichida eng ko‘p qon ko‘p to‘kilgan zo‘ravonlikka aylanib ketdi.

BMT qarori bilan NATOga Liviya aholisini Qaddafiy kuchlari hujumidan himoya qilish vazifasi topshirilgan.

Biroq zo‘ravonliklarni to‘xtatish yo‘lidagi urinishlar shu paytgacha kutilgan natijani bergani yo‘q.

NATOning Liviya bo‘hroniga aralashuvini tanqid qilgan Rossiya o‘t ochishni to‘xtatishga chaqirib kelmoqda.
XS
SM
MD
LG