Линклар

Шошилинч хабар
29 март 2024, Тошкент вақти: 05:45

Liviyada g'arblik ikki fotojurnalist halok bo‘ldi


Halok bo'lgan fotojurnalistlar: Kris Xondros (chapda) va Tim Xeterington (o'ngda)
Halok bo'lgan fotojurnalistlar: Kris Xondros (chapda) va Tim Xeterington (o'ngda)
Liviyada ikki fotojurnalist - britaniyalik Tim Xeterington va Kris Xondros halok bo‘ldi.

Xeterington va Xondros isyonchilar va Qaddafiy kuchlari o‘rtasida qaqshatqich janglar kechayotgan Misrotadagi voqealarni yoritishayotgan edi. Halok bo'lgan fotojurnalistlar bilan birga bo‘lgan yana bir nechta g‘arblik jurnalist yaralangan.

Guvohlarga ko‘ra, ular Qaddafiy kuchlari tarafidan o‘qqa tutilgan.

Tim Xeterington o'limidan bir kun oldin o'z Twitter sahifasida yozgan edi:

Qurshovga olingan Misrota shahridamiz. Qaddafi kuchlarining tartibsiz o'tishmasi ostidamiz. NATOdan darak ham yo'q.
41 yoshli Tim Xeterington Afg‘onistondagi urush haqidagi “Restrepo” deb nomlangan hujjatli film rejisserlaridan biri bo‘lgan. Ushbu film joriy yil Oskar mukofotiga ko‘rsatilgandi. Xeterington so‘nggi oylarda Vanity Fair jurnali uchun ishlayotgan edi.

Getty Images fotojurnalisti Kris Xondros ham 41 yoshda edi. So'ngi yillardagi yirik xarbiy mojarolarni yoritib kelgan fotojurnalist Kris Xondros o'z ishlari uchun bir qator nufuzli mukofotlar olgan edi. Xondros olgan suratlar "Newsweek", "the Economist", "The New York Times", "the Washington Post" va "the Los Angeles Times" gazeta va jurnallarining birinchi betlarida chop etilgan.

Fotojurnalist Tim Xeterington isyonchilar yordamida vayrona uyga ko'tarilmoqda.

Vrachlar fotojurnalistlar Kris Xondros (oldinda) va Tim Xeteringtonga (orqada) yordam berishga urunishmoqda.
Kris Xondros va Tim Xeteringtonlar mayiti Misrota portida muzlatkich paromga solinmoqda.
XS
SM
MD
LG