Линклар

Шошилинч хабар
23 апрел 2024, Тошкент вақти: 18:19

Liviyadagi harbiy amaliyotlarga 100 kun to‘ldi


27 iyun kuni Liviyada BMT xavfsizlik kengashi qarori bilan aholini Qaddafiy rejimidan himoya qilish uchun xalqaro harbiy amaliëtlar boshlanganiga 100 kun bo‘ldi.

Dushanba kuni Liviya isyonchilari Xalqaro jinoyatlar sudining Muammar Qaddafiyni qamoqqa olish uchun order berganini olqishlashdi.

Liviya isënchilari yetakchisi Mustafo Abdul Jalil Muammar Qaddafiy bir stol atrofiga o‘tirib kelishadigan odam emasligini ta‘kidladi:

- Xalqaro jinoyatlar sudi tomonidan Muammar Qaddafiyni qamoqqa olish haqida order berilgani Qaddafiyni himoya qilish yoki u bilan muzokora olib borishning bema‘niligini yuzaga chiqardi¸ - dedi Mustafo Abdul Jalil Beng‘oziyda o‘tkazilgan matbuot anjumanida .

Liviyadagi fuqarolar urushi minglab odamlar o‘limi va darbadarligiga sabab bo‘ldi.
XS
SM
MD
LG