Линклар

Шошилинч хабар
28 март 2024, Тошкент вақти: 20:30

Londonlik sportchini ota-onasi "sotib qo'ydi"


Tartibsizlikni uyushtirganlar talon-tarojlikda ham qatnashishmoqda. 8 avgust 2011, London.
Tartibsizlikni uyushtirganlar talon-tarojlikda ham qatnashishmoqda. 8 avgust 2011, London.
Mashhur sportchi, 2012 yilda o'tadigan London olimpiyadasining elchisi Chelsi Ayvz shahardagi tartibsizliklarda qatnashgani uchun ota-onasi tarafidan politsiya qo'liga topshirildi.

Sun nashrining xabar berishicha, 18 yoshli Chelsining ota-onasi uni Londonda sodir bo'layotgan tartibsizliklarda qatnashganini televidenie orqali ko'rsatilan video lavhada ko'rib qolishgan.

Guvohlarning aytishicha, yosh yengil atletikachi tartibsizliklar ro'y berayotgan joyda do'kon oynasiga tosh uloqtirgan va "Bu mening eng yaxhsi kunim!" deya do'stlariga baqirgan. Shundan so'ng Chelsi politsiya avtomobili oynalarini sindirgan. Aynan shu voqea videokameralarga tushib qolgan va tez orada mahalliy televidenie orqali ko'rsatilgan.

Sportchining ota-onasi o'z ishidan afsusda emas. Ularga ko'ra, tartibsizliklarga aralashgan qizini politsiyaga topshirib juda ham to'gri ish qilishgan. Yaxshi tarbiya olgan Chelsi bunday ishga qo'l urganining sabablari ularga qorong'u.

Eslatib o'tamiz, 2012 yilda o'tadigan London olimpiyadasi elchilari Buyuk Britaniyaning eng munosib sportchilari orasidan tanlangan edi.
XS
SM
MD
LG