Линклар

Шошилинч хабар
09 октябр 2024, Тошкент вақти: 09:18

Makron bosh vazir Attal iste’fosini qabul qilmadi


Gabriel Attal
Gabriel Attal

Fransiya prezidenti Emmanuel Makron mamlakat bosh vaziri Gabriel Attalning iste’fosini qabul qilgani yo‘q.

Makron Attaldan parlament saylovidan keyin “mamlakatda barqarorlikni ta’minlash” uchun va iyul oyi oxirida ochilajak Olimpiada oldidan o‘z lavozimida vaqtincha qolishni so‘ragan.

Parlament saylovining 7-iyul kuni bo‘lib o‘tgan ikkinchi bosqichi yakuniga ko‘ra, Makron tarafdorlaridan iborat “Respublika uchun birgalikda” koalitsiyasi (bu koalitsiya yadrosini Makron va Attal partiyasi bo‘lib hisoblanadi) 168 ta o‘rin olib, ikkinchi o‘rinni egallagan.

Birinchi o‘rinni 182 ta o‘rinni egallagan “Yangi xalq jabhasi” deb nomlangan so‘l partiyalar koalitsiyasi egallagan. Uchinchi o‘rin 143 ta o‘rin bilan o‘ta o‘ngchi “Milliy birlashuv” koalitsiyasiga nasib etgan. Mazkur holat, Associated Press agentligining yozishicha, “hukumatni shakllantirish uchun yo‘l” qoldirmagan.

Avvalroq Attal iste’foga ketish niyatini e’lon qila turib, Parijda bo‘lib o‘tishi va millionlar tomoshabin kelishi kutilayotgan Olimpiadani e’tiborga olgan holda, qancha kerak bo‘lsa, shuncha vaqt bosh vazir bo‘lib turishga tayyorligini qayd etgan edi. Attal Fransiya bosh vaziri lavozimiga 2024-yil yanvarida tayinlangan edi.

Fransiyadagi muddatidan ilgari parlament saylovi o'ta o‘ngchilarning mamlakatda joriy yilning iyun oyi boshida o‘tkazilgan Yevroparlament saylovidagi muvaffaqiyati ortidan belgilangan edi.

XS
SM
MD
LG