Линклар

Шошилинч хабар
14 феврал 2025, Тошкент вақти: 16:48

MB raisi lavozimiga Timur Ishmetov tayinlandi


Toshkentdagi Markaziy bank binosi (arxiv surati)
Toshkentdagi Markaziy bank binosi (arxiv surati)

O‘zbekiston Oliy Majlisi Senati kengashi mamlakat prezidenti taqdimnomasiga muvofiq ravishda 11-dekabr kuni Timur Ishmetovni O‘zbekiston Markaziy banki boshqaruvi raisi lavozimiga tayinlash to‘g‘risida qaror qabul qilgan. Bu haqda Senat matbuot xizmati ma’lum qildi.

Avvalroq yuqori palata prezident taqdimnomasi bo‘yicha Mamarizo Nurmurodovni MB raisi lavozimidan ozod etish to‘g‘risida qaror qabul qilgandi.

Prezident matbuot kotibi Sherzod Asadov chorshanba kuni o‘z telegram-kanali orqali prezident Mirziyoyev Nurmurodovni Markaziy bank raisi vazifasidan ozod qilish to‘g‘risida Senatga taqdimnoma kiritgani haqida ma’lumot tarqatgani ortidan mahalliy pabliklarda MB raisi lavozimini Timur Ishmetov yoki Erkinjon Turdimov egallashi mumkinligiga oid xabarlar paydo bo‘lgan edi.

45 yoshli Timur Ishmetov ikki yildan buyon prezidentning iqtisodiyot sohalarini rivojlantirish, investitsiya va tashqi savdo siyosatini amalga oshirish masalalari bo‘yicha maslahatchisining birinchi o‘rinbosari lavozimida ishlab kelayotgan edi. Undan avval u ikki yildan ko‘proq muddat moliya vaziri bo‘lib ishlagan. Moliya vazirligidagi rahbar lavozimlarda ishlashidan avval Ishmetov Markaziy bank, moliya va iqtisodiyot bilan bog‘liq turli departamentlarda yetakchi vazifalarda ishlagan.

XS
SM
MD
LG