Линклар

Шошилинч хабар
13 октябр 2024, Тошкент вақти: 21:58

Mirziyoyev amaliy tashrif bilan Qozog‘istonga uchib ketdi


O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev qozog‘istonlik hamkasbi Qasim-Jomart Toqayev taklifiga binoan 17-sentyabr tongida “Markaziy Osiyo – Germaniya” sammitida ishtirok etish uchun Ostona shahriga jo‘nab ketgan.

O‘zbekiston prezidenti matbuot xizmati ma’lumotiga ko‘ra, Ostona xalqaro aeroportida Mirziyoyevni Qozog‘iston bosh vaziri O‘ljas Bektenov va boshqa rasmiy shaxslar kutib olgan.

Ostonadagi sammit “Markaziy Osiyo – Germaniya” formatida oliy darajada o‘tkazilayotgan uchrashuvlarning ikkinchisidir – birinchi sammit 2023-yilning 29-sentyabrida GFR poytaxti Berlinda o‘tkazilgan edi.

Ostona sammitida Markaziy Osiyo mamlakatlarining Germaniya bilan ko‘p qirrali hamkorligini yanada teranlashtirish, savdo-iqtisodiyot, investitsiya, texnologiyalar, transport-kommunikatsiya va boshqa ustuvor yo‘nalishlarda amaliy hamkorlikni kengaytirishga oid masalalar muhokama qilinishi kutilmoqda.

Tadbirda ko‘p qirrali hamkorlikni yanada kengaytirishning dolzarb masalalari muhokama qilinadi, mintaqaviy hamkorlik istiqbollari yuzasidan fikr almashiladi. GFR kansleri Olaf Shols ham ishtirok etadigan sammit kun tartibidan Markaziy Osiyo prezidentlarining Germaniyadagi yirik kompaniya va banklar rahbarlari bilan uchrashuvi ham o‘rin olgan.

Olaf Shols uch kunlik tashrif bilan Markaziy Osiyoga yo‘l olgani, kansler mintaqa safarini O‘zbekistondan boshlab, ikki kunlik safar chog‘ida Samarqandda qator tadbirlarda ishtirok etgani haqida Ozodlik avvalroq xabar qilgan edi.

XS
SM
MD
LG