Линклар

Шошилинч хабар
25 апрел 2024, Тошкент вақти: 11:49

Mirziyoyev: Tolibon O‘zbekistonga bergan va’dalarining ustidan chiqmoqda


Prezident Mirziyoyev Afg‘oniston va Pokiston rahbarlari bilan Toshkentdagi sammitda - 16 - iyul, 2021
Prezident Mirziyoyev Afg‘oniston va Pokiston rahbarlari bilan Toshkentdagi sammitda - 16 - iyul, 2021

Prezident Shavkat Mirziyoyev O‘zbekistonning Afg‘oniston bilan chegarasidagi vaziyat nazorat ostida ekani va mamlakatning mudofaa qudrati voqealarning har qanday rivojiga tayyor ekanini aytgan.

Kun. uz nashri prezidentning Navoiy viloyatiga tashrifi chog‘ida aytgan so‘zlaridan iqtibos keltirmoqda.

«Afg‘onistondagi vaziyat hammamizni o‘yga solishi tabiiy. Xavotir olmanglar, mudofaa qudratimiz har qanday vaziyatga tayyor, vaziyatni nazorat qilib turibmiz. Lekin meni o‘ylantirgani — ular bizning jonajon qo‘shnimiz, ular ham ko‘chib keta olmaydi, biz ham.

Mana, kechadan boshlab jafokash afg‘on xalqiga ko‘mak bo‘lish maqsadida Hayraton ko‘prigini vaqtincha ishga tushirdik. Chunki Afg‘oniston xalqi hozir yordamga muhtoj, agar ular tinchlik sari harakat qilsalar, biz ularga ko‘makchi bo‘lamiz.

Boshqa davlatlardan kelayotgan oziq-ovqatni poyezdlar orqali yetkazib beramiz, o‘zimiz ham bunga hissa qo‘shamiz. Chunki Mozori Sharif shahriga yagona temir yo‘l biz orqali o‘tadi", deb aytgan Mirziyoyev.

U O‘zbekistonning Tolibon bilan yaqindan muzokaralari haqida gapirib, Tolibon rahbariyati Toshkentdagi muzokaralarda bergan va’dalarining ustidan chiqayotganini aytgan.

"Toliblar bilan ikki yil oldin muloqot olib borgandik, hali hech bir davlat bu ishni qilmaganda men ular bilan muloqot qilish bo‘yicha topshiriq bergandim. Ularning Dohadagi rahbari Barodar janoblari o‘shanda O‘zbekiston tomoniga birorta o‘q otilmasligi bo‘yicha va’da bergandi. Va’dasini bajarayotgani uchun ham ular bilan muloqot qilib turishimiz tabiiy.

Мирзиёев ҳукумати ва Толибон мулоқоти. Ўзбекистон эртаси таҳликадами?
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:11:18 0:00

Biz uchun xalqimizning tinchligi kerak. Xalqimiz tinch bo‘lishi uchun, kim bo‘lishidan qat’i nazar, istalgan tomon bilan gaplashaman. Afg‘onistonda shunday holat bo‘lishidan ikki yil oldingi tahlillarimiz dalolat bergan edi», deya prezidentdan iqtibos keltirmoqda Kun.uz nashri.

O‘tgan hafta O‘zbekiston 150 nafar afg‘onistonlik qochqinlarni Tolibon bilan muzokaralar orqali vataniga qaytargandi. BMT Qochqinlar tashkiloti O‘zbekistonning, huquq faollariga ko‘ra, ziddiyatli ushbu qaroriga munosabat bildirmagan.

O‘zbekistonda BMT Qochqinlar agentligining idorasi yo‘q, ammo o‘tgan oy hukumat delegatsiyasi Jenevadagi Qochqinlar bo‘yicha Oliy komissarlik idorasi bilan muzokaralar olib borgan edi.

O‘zbekiston yana 400 nafar afg‘onistonlik qochqinni qabul qilganini aytgan.

Toshkent Afg‘onistondagi g‘arb koalitsiyasi, jumladan, Germaniya va Polshaga o‘z fuqarolari hamda afg‘on qochqinlarini O‘zbekiston hududi orqali evakuatsiya qilishga ko‘mak ko‘rsatgan.

O‘zbekiston o‘tgan oy “Markaziy va Janubiy Osiyo: mintaqaviy o‘zaro bog‘liqlik. Tahdidlar va imkoniyatlar” mavzusidagi xalqaro konferensiyaga mezbonlik qilgan edi. Tahlilchilar Afg‘onistondagi so‘ngi vaziyat Mirziyoyevning Afg‘oniston orqali o‘tadigan temir yo‘l va Hind ummoniga chiqadigan transport koridori loyihalari kelajagini savol ostida qoldiradi.

Tolibon Kobulni qo‘lga kiritishi ortidan o‘zbek rasmiylari Kobuldagi oldingi hukumat bilan kelishilgan loyihalarni amalga oshirishning mintaqadagi tinchlik va barqarorlik uchun muhim ekanini urg‘ulashdi.

Толибон билан бизнес: Халқ қўрқуви ва ҳукумат манфаати
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:09:20 0:00

O‘zbekiston Senati raisining birinchi o‘rinbosari Sodiq Safoyev Afg‘onistondagi urushlarning asosiy sabablaridan biri qashshoqlik ekanini aytdi. O‘tmishda rasmiy Toshkent Afg‘onistonga beqarorlik manbai sifatida qarab kelgan, Mirziyoyev hukumati kelishi ortidan chegaralar ochilgan va Afg‘oniston O‘zbekistonning beshinchi yirik savdo hamkoriga aylangan.

O‘zbekiston boshqa ko‘pgina davlatlardan farqli Tolibon Kobulga kirishi ortidan u erdagi diplomatik vakolatxonasi, shuningdek, avvalroq qulagan Mozori Sharifdagi konsulligi xodimlarini evakuatsiya qilmadi.

Toliblar bilan muzokaralarga qaramasdan O‘zbekiston shu oy boshida Rossiya bilan avvaliga o‘zbek-afg‘on, keyin esa tojik-afg‘on chegaralarida qo‘shma harbiy mashg‘ulotlar o‘tkazdi.

O‘tgan hafta prezident Mirziyoyev MDHning Kollektiv xavfsizlik shartnomasi tashkiloti rahbarlarining onlayn sammitida ham qatnashdi. Bu Toshkentning yaqin kelajakda KHShTga qaytishi haqidagi farazlarni kuchaytirdi.

O‘zbekiston rasmiylari bu borada Rossiya hamda qo‘shni davlatlar matbuotida paydo bo‘lgan chiqishlarga munosabat bildirganicha yo‘q.

XS
SM
MD
LG