Линклар

Шошилинч хабар
15 октябр 2024, Тошкент вақти: 04:15

Mirziyoyev Turkiyaning TIV, IIV va MRX rahbarlari bilan uchrashdi


O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev, Turkiya tashqi ishlar vaziri Haqan Fidan (chapdan birinchi), ichki ishlar vaziri Ali Yerliqaya (o‘ngdan ikkinchi) va Milliy razvedka xizmati direktori Ibrohim Qalin (o‘ngdan birinchi) bilan, Toshkent, 2024-yil 12-sentyabri
O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev, Turkiya tashqi ishlar vaziri Haqan Fidan (chapdan birinchi), ichki ishlar vaziri Ali Yerliqaya (o‘ngdan ikkinchi) va Milliy razvedka xizmati direktori Ibrohim Qalin (o‘ngdan birinchi) bilan, Toshkent, 2024-yil 12-sentyabri

O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev 12-sentyabr kuni Turkiya tashqi ishlar vaziri Haqan Fidan, ichki ishlar vaziri Ali Yerliqaya va Milliy razvedka xizmati (MİT) direktori Ibrohim Qalindan iborat delegatsiyani qabul qilgan.

Prezident matbuot xizmati ma’lumotiga ko‘ra, uchrashuv avvalida mehmon vazirlar Mirziyoyevga Turkiya prezidenti Erdo‘g‘onning samimiy salomini yetkazishgan.

Qabul chog‘ida O‘zbekiston va Turkiya keng qamrovli strategik sheriklik munosabatlarini yanada mustahkamlash va ko‘p qirrali hamkorlikni rivojlantirishning dolzarb masalalari ko‘rib chiqilgan.

Xabarnomada Mirziyoyev huzuridagi uchrashuvda 12-sentyabr kuni ikki davlat vazirlari va idoralari rahbarlari o‘rtasida bo‘lib o‘tgan qo‘shma uchrashuvning natijalari yuqori baholangani, qabul qilingan “yo‘l xaritasi”ga muvofiq muntazam va tizimli aloqalarni davom ettirish, bunday muzokaralar formati va kun tartibini kengaytirish muhimligi ta’kidlangani qayd etilgan.

Siyosiy muloqotni chuqurlashtirish, savdo-iqtisodiy va investitsiyaviy hamkorlik loyihalarini ilgari surish masalalari muhokama etildi. Xavfsizlikka zamonaviy tahdid va xatarlarga qarshi kurashish bo‘yicha idoralararo hamkorlikni kuchaytirish va qo‘shma tadbirlar o‘tkazishga alohida e’tibor qaratildi”, deyilgan O‘zbekiston prezidenti matbuot xizmati xabarnomasida uchrashuv chog‘ida mintaqaviy hamkorlik va xalqaro tashkilotlar doirasidagi sheriklikning dolzarb jihatlari yuzasidan fikr almashilgani qo‘shimcha qilingan.

Avvalroq Turkiyaning “Onado‘li” agentligi Haqan Fidan, Ali Yerliqaya va Ibrohim Qalin o‘zbekistonlik hamkasblari bilan payshanba kuni Toshkentda o‘tkazilgan uchrashuvda terrorchilik, ekstremizm, noqonuniy migratsiya va kontrabanda kabi muammolar bilan bir qatorda mintaqaviy masalalarni muhokama qilgani haqida xabar qilgan.

Ikki davlat vazirlari o‘rtasida qabul qilingan “yo‘l xaritasi” siyosiy hamkorlik va parlament diplomatiyasi, savdo-sotiq, iqtisodiyot va investitsiyalar, mudofaa, xavfsizlik va ichki ishlar sohalarida hamkorlik qilish bo‘yicha konkret qadamlarni o‘z ichiga olishi qayd etilgan.

XS
SM
MD
LG